QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ibrahim surasi · Oyatсураси · Оят46

وَقَدْ مَكَرُوا۟ مَكْرَهُمْ وَعِندَ ٱللَّهِ مَكْرُهُمْ وَإِن كَانَ مَكْرُهُمْ لِتَزُولَ مِنْهُ ٱلْجِبَالُ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Darhaqiqat, ular o`z makrlarini qildilar. Holbuki, ularning makrlari, garchi makrlaridan tog`lar zavolga uchraydigan bo`lsa ham, Allohning huzuridadir.Дарҳақиқат, улар ўз макрларини қилдилар. Ҳолбуки, уларнинг макрлари, гарчи макрларидан тоғлар заволга учрайдиган бўлса ҳам, Аллоҳнинг ҳузуридадир.Alauddin Mansour: Darhaqiqat, ular (yaʼni, Makka mushriklari) oʻzlarining makr-hiylalarini qildilar. (Lekin) agar ularning makrlari sababli togʻlar yemirilib ketadigan boʻlsa-da, ularning (bu) makr-hiylalari Alloh huzurida (maʼlumdir).Дарҳақиқат, улар (яъни, Макка мушриклари) ўзларининг макр-ҳийлаларини қилдилар. (Лекин) агар уларнинг макрлари сабабли тоғлар емирилиб кетадиган бўлса-да, уларнинг (бу) макр-ҳийлалари Аллоҳ ҳузурида (маълумдир).

261-sahifa · 13-juz · 26-hizb261-саҳифа · 13-жуз · 26-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَقَدْva darhaqiqatва дарҳақиқатمَكَرُوا۟makr qildilarмакр қилдиларمَكْرَهُمْoʻz makrlariniўз макрлариниوَعِندَva huzuridadirва ҳузуридадирٱللَّهِAllohningАллоҳнингمَكْرُهُمْularning makrlariуларнинг макрлариوَإِنva garchiва гарчиكَانَboʻlsa hamбўлса ҳамمَكْرُهُمْmakrlariмакрлариلِتَزُولَzavolga uchraydiganзаволга учрайдиганمِنْهُundan (makrlaridan)ундан (макрларидан)ٱلْجِبَالُtogʻlarтоғлар
TafsirТафсир

Kofiru mushriklar Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamga, moʻminlarga, dinga qarshi qoʻllaridan kelgan barcha makrlarni qildilar. Ammo, ularning makrlari har qancha kuchli va taʼsirli, hatto togʻlarni yoʻq qilib yuboradigan darajada boʻlmasin, hech narsa qila olmaydilar. Chunki, ularning barcha makrlari Alloh taoloning huzuridadir. U zot hammasini koʻrib, bilib, ixota qilib turadi. Oʻzi xohlaganicha tasarruf qiladi.