فَلَا تَحْسَبَنَّ ٱللَّهَ مُخْلِفَ وَعْدِهِۦ رُسُلَهُۥٓ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ عَزِيزٌ ذُو ٱنتِقَامٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sen, Alloh Payg`ambarlariga bergan va'dasiga xilof qiluvchi deb, gumon qilma. Albatta, Alloh Aziyz va intiqom egasidir.Сен, Аллоҳ Пайғамбарларига берган ваъдасига хилоф қилувчи деб, гумон қилма. Албатта, Аллоҳ Азийз ва интиқом эгасидир.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), siz hargiz Allohni oʻz paygʻambarlariga bergan («Biz albatta paygʻambarlarimizni gʻolib qilurmiz», degan) vaʼdasiga xilof qiluvchi, deb oʻylamang. Albatta, Alloh intiqom oluvchi gʻolibdir.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), сиз ҳаргиз Аллоҳни ўз пайғамбарларига берган («Биз албатта пайғамбарларимизни ғолиб қилурмиз», деган) ваъдасига хилоф қилувчи, деб ўйламанг. Албатта, Аллоҳ интиқом олувчи ғолибдир.
Yaʼni, oʻziga zulm qilgan mushriku kofirlarning makri oʻtmaydi. Alloh Paygʻambarlariga nima vaʼda bersa, oʻshaning albatta boʻlishi muqarrar. Shuning uchun:
«Sen, Alloh Paygʻambarlariga bergan vaʼdasiga xilof qiluvchi deb, gumon qilma».
U, Paygʻambarlariga va ularga ergashgan moʻmin-musulmonlarga albatta fathu nusrat beradi. Zolim va kofirlarni esa, halok qilib, rasvosini chiqaradi. Chunki:
«Albatta, Alloh aziz va intiqom egasidir».
U hammaning ustidan gʻolibdir. Shu azizlik–gʻoliblik sifati ila Paygʻambarlarga va moʻminlarga nusrat beradi. Hamda intiqom oluvchi sifati ila zolim va kofirlardan intiqom oladi. Oʻsha ishlar: