QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ibrahim surasi · Oyatсураси · Оят48

يَوْمَ تُبَدَّلُ ٱلْأَرْضُ غَيْرَ ٱلْأَرْضِ وَٱلسَّمَـٰوَٰتُ ۖ وَبَرَزُوا۟ لِلَّهِ ٱلْوَٰحِدِ ٱلْقَهَّارِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bu, yer boshqa yerga va osmonlar ham (boshqa osmonlarga) almashtiriladigan va u(odam)lar yolg`izu qahhor Alloh huzurida paydo bo`lishadigan Kunda bo`ladir.Бу, ер бошқа ерга ва осмонлар ҳам (бошқа осмонларга) алмаштириладиган ва у(одам)лар ёлғизу қаҳҳор Аллоҳ ҳузурида пайдо бўлишадиган Кунда бўладир.Alauddin Mansour: Albatta, Alloh Yer boshqa Yerga, osmonlar (oʻzga osmonlarga) aylanib qoladigan hamda (barcha odamlar) yolgʻiz va qudratli Allohga rubaroʻ boʻladigan Kunda (Qiyomatda intiqom olguvchidir).Албатта, Аллоҳ Ер бошқа Ерга, осмонлар (ўзга осмонларга) айланиб қоладиган ҳамда (барча одамлар) ёлғиз ва қудратли Аллоҳга рубарў бўладиган Кунда (Қиёматда интиқом олгувчидир).

261-sahifa · 13-juz · 26-hizb261-саҳифа · 13-жуз · 26-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
يَوْمَkundaкундаتُبَدَّلُalmashtiriladiganалмаштириладиганٱلْأَرْضُyerерغَيْرَboshqaбошқаٱلْأَرْضِyergaергаوَٱلسَّمَـٰوَٰتُ ۖva osmonlar hamва осмонлар ҳамوَبَرَزُوا۟va paydo boʻlishadiва пайдо бўлишадиلِلَّهِAlloh huzuridaАллоҳ ҳузуридаٱلْوَٰحِدِyolgʻizёлғизٱلْقَهَّارِqahhorқаҳҳор
TafsirТафсир

Yaʼni, yuqoridagi oyatlarda zikr qilingan gʻoliblik va intiqom olish qiyomat kuni sodir boʻladi. Oʻsha qiyomat kunining dahshatidan bizga hozir juda ham ulkan boʻlib koʻrinib turgan yer boshqacha, umuman boshqacha yerga aylanib qoladi. Shuningdek, osmonlar ham oʻzgarib ketadi. Odamlarning hammasi Alloh huzurida hisob-kitob uchun yigʻiladilar. Oʻshanday kunda Alloh Paygʻambarlarga va ularga ergashgan moʻminlarga najot beradi. Zolim va kofirlardan intiqom oladi.