QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ibrahim surasi · Oyatсураси · Оят5

وَلَقَدْ أَرْسَلْنَا مُوسَىٰ بِـَٔايَـٰتِنَآ أَنْ أَخْرِجْ قَوْمَكَ مِنَ ٱلظُّلُمَـٰتِ إِلَى ٱلنُّورِ وَذَكِّرْهُم بِأَيَّىٰمِ ٱللَّهِ ۚ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَـَٔايَـٰتٍ لِّكُلِّ صَبَّارٍ شَكُورٍ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Batahqiq, Biz Musoni oyatlarimiz ila: «Qavmingni zulmatlardan nurga chiqar va ularga Allohning kunlarini eslat! Albatta, bunda har bir sabrli va shukrli uchun ibratlar bordir», deb yubordik.Батаҳқиқ, Биз Мусони оятларимиз ила: «Қавмингни зулматлардан нурга чиқар ва уларга Аллоҳнинг кунларини эслат! Албатта, бунда ҳар бир сабрли ва шукрли учун ибратлар бордир», деб юбордик.Alauddin Mansour: Darhaqiqat, Biz Musoni (Bani Isroil qavmiga) Oʻz oyatlarimiz bilan yuborib (unga dedik): «Qavmingni (kufr) zulmatlaridan (iymon) nuriga olib chiqqin va ularga Allohning neʼmatlarini eslatgin! Albatta, bu (neʼmatlar)da har bir sabr-qanoatli, shukr qilguvchi kishi uchun oyat-ibratlar bordir».Дарҳақиқат, Биз Мусони (Бани Исроил қавмига) Ўз оятларимиз билан юбориб (унга дедик): «Қавмингни (куфр) зулматларидан (иймон) нурига олиб чиққин ва уларга Аллоҳнинг неъматларини эслатгин! Албатта, бу (неъматлар)да ҳар бир сабр-қаноатли, шукр қилгувчи киши учун оят-ибратлар бордир».

255-sahifa · 13-juz · 26-hizb255-саҳифа · 13-жуз · 26-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلَقَدْva batahqiqва батаҳқиқأَرْسَلْنَاBiz yubordikБиз юбордикمُوسَىٰMusoniМусониبِـَٔايَـٰتِنَآoyatlarimiz ilaоятларимиз илаأَنْdebдебأَخْرِجْchiqarчиқарقَوْمَكَqavmingniқавмингниمِنَ-dan-данٱلظُّلُمَـٰتِzulmatlardanзулматларданإِلَى-ga-гаٱلنُّورِnurgaнургаوَذَكِّرْهُمva ularga eslatва уларга эслатبِأَيَّىٰمِkunlariniкунлариниٱللَّهِ ۚAllohningАллоҳнингإِنَّalbattaалбаттаفِى-da-даذَٰلِكَbundaбундаلَـَٔايَـٰتٍۢalbatta, ibratlar bordirалбатта, ибратлар бордирلِّكُلِّhar bir uchunҳар бир учунصَبَّارٍۢsabrliсабрлиشَكُورٍۢva shukrliва шукрли
TafsirТафсир

Muso alayhissalom ham Allohning Paygʻambarlaridan biridir. U kishini Alloh taolo oʻz qavmlariga yuborib, xuddi Muhammad sollallohu alayhi vasallamga aytgandek:

«Qavmingni zulmatlardan nurga chiqar», degan.

Demak, maqsad bir. Unisini ham, bunisini ham yagona Alloh yuborgan. Har ikkisining ham maqsadi odamlarni zulmatlardan nurga chiqarish. Zamon va shaxslar boshqa-boshqa, xolos.

Alloh taolo Muso alayhissalomga buyurgan ishlarning ichida:

«va ularga Allohning kunlarini eslat!» amri ham bor edi.

Yaʼni, ey Muso, qavmlaringga Allohning esda qoladigan mashhur kunlarini eslat.

«Albatta, bunda har bir sabrli va shukrli uchun ibratlar bordir.»

Yaʼni, albatta, bu eslatishda mashaqqatlarga sabrli va Allohning neʼmatiga shukrli kishilar uchun ibratlar bordir. Allohning mashhur va maʼlum, eslashga loyiq kunlarida sabrga chaqiruvchi va shukrga undovchi eslatmalar bordir.

Muso alayhissalom vazifalarini bajarishga kirishib, qavmlarini ogohlantira boshladilar: