وَإِذْ قَالَ مُوسَىٰ لِقَوْمِهِ ٱذْكُرُوا۟ نِعْمَةَ ٱللَّهِ عَلَيْكُمْ إِذْ أَنجَىٰكُم مِّنْ ءَالِ فِرْعَوْنَ يَسُومُونَكُمْ سُوٓءَ ٱلْعَذَابِ وَيُذَبِّحُونَ أَبْنَآءَكُمْ وَيَسْتَحْيُونَ نِسَآءَكُمْ ۚ وَفِى ذَٰلِكُم بَلَآءٌ مِّن رَّبِّكُمْ عَظِيمٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: O`shanda Muso qavmiga: «Allohning sizga bergan ne'matlarini eslang: U sizni Oli Fir'avndan qutqardi. Ular sizga bardavom yomon azob berardilar. O`g`illaringizni so`yib tashlab, qizlaringizni tirik qoldirardilar. Ana o`shanda Robbingizdan buyuk sinov bordir», degan edi.Ўшанда Мусо қавмига: «Аллоҳнинг сизга берган неъматларини эсланг: У сизни Оли Фиръавндан қутқарди. Улар сизга бардавом ёмон азоб берардилар. Ўғилларингизни сўйиб ташлаб, қизларингизни тирик қолдирардилар. Ана ўшанда Роббингиздан буюк синов бордир», деган эди.Alauddin Mansour: Oʻshanda Muso qavmiga aytdi: «Allohning sizlarga bergan neʼmatini — sizlarni ogʻir azoblar bilan qiynayotgan, oʻgʻillaringizni soʻyib, xotinlaringizni tirik qoldirayotgan Firʼavn odamlaridan qutqarganimizni eslangiz. Ana oʻsha ishlarda Parvardigoringiz tomonidan buyuk sinov bordir.Ўшанда Мусо қавмига айтди: «Аллоҳнинг сизларга берган неъматини — сизларни оғир азоблар билан қийнаётган, ўғилларингизни сўйиб, хотинларингизни тирик қолдираётган Фиръавн одамларидан қутқарганимизни эслангиз. Ана ўша ишларда Парвардигорингиз томонидан буюк синов бордир.
Oyati karimaning maʼnosidan, Muso alayhissalomning bu gaplari u zotning Paygʻambar boʻlganlaridan keyingi aytgan birinchi gaplari emas. Balki, u zot oʻz qavmlari Bani Isroilni Firʼavn va uning qavmining zulmidan Allohning izni ila qutqarib olib chiqqanlaridan keyin qavm Allohga noshukrlik qilgan paytda ularga nasihat qilib aytgan gaplaridir.
«Oʻshanda Muso qavmiga: «Allohning sizga bergan neʼmatlarini eslang», dedi.
Yaʼni, Muso alayhissalom oʻz qavmi Bani Isroil Allohga noshukrlik qilganlarida, ey qavmim, noshukrlik qilmang, Allohning sizga bergan neʼmatlarini eslang, dedilar va Bani Isroilga berilgan oʻsha ilohiy neʼmatlardan baʼzilarni tilga oldilar. Balki, eng katta neʼmatni eslatdilar:
«U sizni Oli Firʼavndan qutqardi. Ular sizga bardavom yomon azob berardilar. Oʻgʻillaringizni soʻyib tashlab, qizlaringizni tirik qoldirardilar».
Darhaqiqat, bunday azob-uqubatdan qutqarish Alloh taoloning ulugʻ neʼmatidir. Firʼavn va uning ahli Muso alayhissalomning qavmlari Bani Isroilni qul qilib olgan, qattiq azoblarga solgan edi. Eng dahshatli azob esa, Bani Isroilning yangi tugʻilgan oʻgʻil bolalarining soʻyib tashlanishi boʻldi. Bunday zulmlar umumiy qonunga aylanib qolgan edi. Alloh taolo Muso alayhissalomni Paygʻambar qilib yuborib, ularni bu azobdan qutqardi. Muso alayhissalom ularni Allohning izni va yordami ila qullik va azob-uqubatdan hurlik va rohat-farogʻatga olib chiqdilar. Ammo Bani Isroil, boshqa suralarda oʻrganganimizdek, kufroni neʼmat qildi. Shunda Paygʻambar Muso alayhissalom ushbu oyatda kelgan narsalarni ularning esiga soldilar:
«Ana oʻshanda Robbingizdan buyuk sinov bordir», degan edi».
Yaʼni, azob-uqubatga duchor qilish bir sinov. Undan qutulish neʼmatini berish ikkinchi bir sinovdir. Birinchisida banda sabr qilib, ikkinchisida shukr qilib sinovdan oʻtishi kerak.
Muso alayhissalom soʻzlarida davom etib, yana shularni aytdilar: