QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ibrahim surasi · Oyatсураси · Оят7

وَإِذْ تَأَذَّنَ رَبُّكُمْ لَئِن شَكَرْتُمْ لَأَزِيدَنَّكُمْ ۖ وَلَئِن كَفَرْتُمْ إِنَّ عَذَابِى لَشَدِيدٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: (Yana uning): «Va Robbingiz (sizga): «Qasamki, agar shukr qilsangiz, albatta, sizga ziyoda qilurman. Agar kufr keltirsangiz, albatta, azobim shiddatlidir», deb bildirgan(ini eslang).(Яна унинг): «Ва Роббингиз (сизга): «Қасамки, агар шукр қилсангиз, албатта, сизга зиёда қилурман. Агар куфр келтирсангиз, албатта, азобим шиддатлидир», деб билдирган(ини эсланг).Alauddin Mansour: Yana Parvardigoringiz bildirgan (bu soʻzlarni) eslangiz: «Qasamki, agar sizlar (Mening bergan neʼmatlarimga) shukr qilsangizlar, albatta (ularni yanada) ziyoda qilurman. Endi agar kufroni (neʼmat) qilsangizlar, albatta, azobim ham juda qattiqdir».Яна Парвардигорингиз билдирган (бу сўзларни) эслангиз: «Қасамки, агар сизлар (Менинг берган неъматларимга) шукр қилсангизлар, албатта (уларни янада) зиёда қилурман. Энди агар куфрони (неъмат) қилсангизлар, албатта, азобим ҳам жуда қаттиқдир».

256-sahifa · 13-juz · 26-hizb256-саҳифа · 13-жуз · 26-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَإِذْva eslang, oʻshandaва эсланг, ўшандаتَأَذَّنَbildirgan ediбилдирган эдиرَبُّكُمْRobbingizРоббингизلَئِنqasamki, agarқасамки, агарشَكَرْتُمْshukr qilsangizшукр қилсангизلَأَزِيدَنَّكُمْ ۖalbatta, sizga ziyoda qilurmanалбатта, сизга зиёда қилурманوَلَئِنva agarва агарكَفَرْتُمْkufr keltirsangizкуфр келтирсангизإِنَّalbattaалбаттаعَذَابِىazobimазобимلَشَدِيدٌۭshiddatlidirшиддатлидир
TafsirТафсир

Muso alayhissalom qavmlariga Alloh taolo qasam ichib taʼkidlagan haqiqatni eslatmoqdalar:

«Qasamki, agar shukr qilsangiz, albatta, sizga ziyoda qilurman. Agar kufr keltirsangiz, albatta, azobim shiddatlidir».

Shukr neʼmat beruvchi Zotga maqtov soʻzlarni aytish va ul neʼmatni Allohning roziligi yoʻlida sarflashdan iboratdir. Berilgan neʼmatga shukr etish insonning toʻgʻri yoʻlda–mustaqiym ekanligini koʻrsatadi. Shukr qiluvchi inson Alloh taolo oʻzini doim kuzatib turishini his etadi va neʼmat yetganda zohir boʻladigan manmanlik, isrof va shunga oʻxshash salbiy holatlardan xoli boʻladi. Natijada, oʻziga berilgan neʼmatlardan foydalanib, yaxshi amallarni koʻpaytiradi.

Neʼmatga kufronda boʻlish esa, uning Alloh tomonidan berilishini tan olmaslik, unga hamdu sano aytmaslik va neʼmatni nomaʼqul yoʻllarda ishlatishdan iboratdir. Yetgan neʼmatga kufron etish uni bergan zotga–Allohga kufr keltirishdir. Bunday odamlar «Neʼmatni menga Alloh berdi», demaydi, balki, unga oʻz ilmim, harakatim va ustaligim tufayli erishdim, deydi. Shu sababdan, oʻzlaridagi moddiy imkoniyatlarni harom-xarish, manmanlik, shuhratparastlik va shunga oʻxshash salbiy yoʻllarga ishlatadilar. Oqibatda qattiq azobga uchraydilar.

Holbuki, shukronalik bandaning oʻziga foyda keltiradi, xolos. Alloh taolo unga ehtiyojmand emas. Shuning uchun ham, Muso alay- hissalom soʻzlari davomida Allohga noshukrlik qilgan qavmlari Bani Isroilga bu haqiqatni anglatdilar: