QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ibrahim surasi · Oyatсураси · Оят8

وَقَالَ مُوسَىٰٓ إِن تَكْفُرُوٓا۟ أَنتُمْ وَمَن فِى ٱلْأَرْضِ جَمِيعًا فَإِنَّ ٱللَّهَ لَغَنِىٌّ حَمِيدٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Muso dedi: «Agar siz va yer yuzidagi kimsalar hammangiz kufr keltirsangizlar ham, albatta, Alloh behojat va maqtalgan Zotdir.Мусо деди: «Агар сиз ва ер юзидаги кимсалар ҳаммангиз куфр келтирсангизлар ҳам, албатта, Аллоҳ беҳожат ва мақталган Зотдир.Alauddin Mansour: Muso yana dedi: «Agar sizlar oʻzingiz va Yer yuzidagi barcha kishilar kofir boʻlsalar ham (Allohga biron ziyon yetkaza olmaysizlar). Zero, Alloh (sizlarning shukr qilishingizdan) behojat, hamdu sano Egasidir».Мусо яна деди: «Агар сизлар ўзингиз ва Ер юзидаги барча кишилар кофир бўлсалар ҳам (Аллоҳга бирон зиён етказа олмайсизлар). Зеро, Аллоҳ (сизларнинг шукр қилишингиздан) беҳожат, ҳамду сано Эгасидир».

256-sahifa · 13-juz · 26-hizb256-саҳифа · 13-жуз · 26-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَقَالَva dediва дедиمُوسَىٰٓMusoМусоإِنagarагарتَكْفُرُوٓا۟kufr keltirsangizlarкуфр келтирсангизларأَنتُمْsizсизوَمَنva kimsalarва кимсаларفِى-dagi-дагиٱلْأَرْضِyer yuzidagiер юзидагиجَمِيعًۭاhammangizҳаммангизفَإِنَّbas, albattaбас, албаттаٱللَّهَAllohАллоҳلَغَنِىٌّbehojatdirбеҳожатдирحَمِيدٌmaqtalgan zotdirмақталган зотдир
TafsirТафсир

Bu maʼnoda imom Muslim Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilgan hadisi qudsiyda Alloh taolo quyidagilarni aytadi: «Ey bandalarim, agar avvalingiz ham, oxiringiz ham, insingiz ham, jiningiz ham oralaringizda eng taqvodor shaxsning qalbiga ega boʻlsangiz, Mening mulkimda biron narsani ziyoda qilmaydi. Ey bandalarim, agar avvalingiz ham, oxiringiz ham, insingiz ham, jiningiz ham oralaringizda eng fojir shaxsning qalbiga ega boʻlsangiz, Mening mulkimdan biron narsa kam boʻlmaydi».

Demak, shukr etgan kishi oʻziga foyda keltiradi. Kufr qilgan odam oʻziga zarar orttiradi. Alloh, shundoq ham, behojat va maqtalgan Zotdir.

Muso alayhissalom soʻzlarida davom etadilar: