QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ibrahim surasi · Oyatсураси · Оят9

أَلَمْ يَأْتِكُمْ نَبَؤُا۟ ٱلَّذِينَ مِن قَبْلِكُمْ قَوْمِ نُوحٍ وَعَادٍ وَثَمُودَ ۛ وَٱلَّذِينَ مِنۢ بَعْدِهِمْ ۛ لَا يَعْلَمُهُمْ إِلَّا ٱللَّهُ ۚ جَآءَتْهُمْ رُسُلُهُم بِٱلْبَيِّنَـٰتِ فَرَدُّوٓا۟ أَيْدِيَهُمْ فِىٓ أَفْوَٰهِهِمْ وَقَالُوٓا۟ إِنَّا كَفَرْنَا بِمَآ أُرْسِلْتُم بِهِۦ وَإِنَّا لَفِى شَكٍّ مِّمَّا تَدْعُونَنَآ إِلَيْهِ مُرِيبٍ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sizga o`zingizdan oldin o`tgan Nuh, Od, Samud qavmlarining va ulardan keyingilarning, Allohdan o`zga hech kim bilmaydiganlarning xabari kelmadimi? Ularga Payg`ambarlari ochiq-oydin hujjatlar bilan keldilar. Ular esa, qo`llarini og`izlariga qo`yib: «Biz siz bizni chaqirayotgan narsada shubhalantiruvchi shakdadirmiz!» dedilar.Сизга ўзингиздан олдин ўтган Нуҳ, Од, Самуд қавмларининг ва улардан кейингиларнинг, Аллоҳдан ўзга ҳеч ким билмайдиганларнинг хабари келмадими? Уларга Пайғамбарлари очиқ-ойдин ҳужжатлар билан келдилар. Улар эса, қўлларини оғизларига қўйиб: «Биз сиз бизни чақираётган нарсада шубҳалантирувчи шакдадирмиз!» дедилар.Alauddin Mansour: Sizlarga ilgari oʻtgan kishilarning — Nuh qavmining, Od, Samud (qabilalarining) va ulardan keyin oʻtgan, (sonu sanoqlarini) faqat Allohgina biladigan qavmlarning xabari kelmadimi? Ularga paygʻambarlari (oʻzlarining haq paygʻambar ekanliklarini bildiruvchi) hujjatlar keltirganlarida, ular qoʻllari bilan (paygʻambarlarning) ogʻizlarini toʻsib, dedilar: «Biz sizlar elchi qilib yuborilgan dinga kofir boʻldik. Chunki biz sizlar bizni daʼvat qilayotgan diningizdan shak-shubhadadirmiz».Сизларга илгари ўтган кишиларнинг — Нуҳ қавмининг, Од, Самуд (қабилаларининг) ва улардан кейин ўтган, (сону саноқларини) фақат Аллоҳгина биладиган қавмларнинг хабари келмадими? Уларга пайғамбарлари (ўзларининг ҳақ пайғамбар эканликларини билдирувчи) ҳужжатлар келтирганларида, улар қўллари билан (пайғамбарларнинг) оғизларини тўсиб, дедилар: «Биз сизлар элчи қилиб юборилган динга кофир бўлдик. Чунки биз сизлар бизни даъват қилаётган динингиздан шак-шубҳададирмиз».

256-sahifa · 13-juz · 26-hizb256-саҳифа · 13-жуз · 26-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
أَلَمْemasmiэмасмиيَأْتِكُمْsizga keldiсизга келдиنَبَؤُا۟xabariхабариٱلَّذِينَoʻtganlarningўтганларнингمِن-dan-данقَبْلِكُمْsizlardan oldinсизлардан олдинقَوْمِqavmiқавмиنُوحٍۢNuhНуҳوَعَادٍۢva Odва Одوَثَمُودَ ۛva Samudва Самудوَٱلَّذِينَva kimsalarningва кимсаларнингمِنۢ-dan-данبَعْدِهِمْ ۛulardan keyingilarningулардан кейингиларнингلَاhech kim emasҳеч ким эмасيَعْلَمُهُمْularni biladiganуларни биладиганإِلَّاmagarмагарٱللَّهُ ۚAllohАллоҳجَآءَتْهُمْularga keldilarуларга келдиларرُسُلُهُمPaygʻambarlariПайғамбарлариبِٱلْبَيِّنَـٰتِochiq-oydin hujjatlar bilanочиқ-ойдин ҳужжатлар биланفَرَدُّوٓا۟bas, ular qoʻydilarбас, улар қўйдиларأَيْدِيَهُمْqoʻllariniқўллариниفِىٓ-ga-гаأَفْوَٰهِهِمْogʻizlarigaоғизларигаوَقَالُوٓا۟va dedilarва дедиларإِنَّاalbatta, bizалбатта, бизكَفَرْنَاkufr keltirdikкуфр келтирдикبِمَآnarsagaнарсагаأُرْسِلْتُمsiz yuborilganсиз юборилганبِهِۦu bilanу биланوَإِنَّاva albatta, bizва албатта, бизلَفِى-dadirmiz-дадирмизشَكٍّۢshakdaшакдаمِّمَّاnarsadaнарсадаتَدْعُونَنَآsiz bizni chaqirayotganсиз бизни чақираётганإِلَيْهِungaунгаمُرِيبٍۢshubhalantiruvchiшубҳалантирувчи
TafsirТафсир

Muso alayhissalom qavmlariga bir yoʻla Nuh, Od, Samud va ulardan keyin oʻtgan–sonlari va haqiqatlari yolgʻiz Allohning Oʻzigagina maʼlum qavmlarning holini eslatmoqdalar. Chunki, turli zamonlarda, turli qavmlarga Alloh yuborgan turli Paygʻambarlarning xabarlari bir-birlariga juda ham oʻxshashdir.

«Sizga oʻzingizdan oldin oʻtgan Nuh, Od, Samud qavmlarining va ulardan keyingilarning, Allohdan oʻzga hech kim bilmaydiganlarning xabari kelmadimi?»

Mazkur qavmlarning barchalari Paygʻambarlariga nisbatan bir xil muomala qilganlar.

«Ularga Paygʻambarlari ochiq-oydin hujjatlar bilan keldilar.»

Hech qanday noaniqlik yoʻq edi. Hujjatlar kuchli va aniq edi. Paygʻambarlar Alloh tomonidan yuborilganiga shubha bildirish oʻrinsiz edi. Ularning darhol iymonga kelishi taqozo qilinar edi. Ammo qavmlar boshqacha ish tutdilar.

«Ular esa, qoʻllarini ogʻizlariga qoʻyib: «Biz siz bizni chaqirayotgan narsada shubhalantiruvchi shakdadirmiz!» dedilar.»

Yaʼni, oʻsha nobakor qavmlar ovozlari baland chiqishi uchun qoʻllarini ogʻizlariga karnay qilib qoʻyib: «Biz siz orqali Alloh tomonidan yuborilgan dinga kufr keltirdik. Biz siz daʼvat qilayotgan narsada kuchli shak va shubhadamiz!» dedilar.

Demak, ular oʻzlarini zulmatlardan nurga olib chiqish uchun Alloh tomonidan kelgan toʻgʻri yoʻlni koʻrsatuvchi Paygʻambarlarga nisbatan beodoblarcha munosabatda boʻldilar.

Shunda: