QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Hijr surasi · Oyatсураси · Оят28

وَإِذْ قَالَ رَبُّكَ لِلْمَلَـٰٓئِكَةِ إِنِّى خَـٰلِقٌۢ بَشَرًا مِّن صَلْصَـٰلٍ مِّنْ حَمَإٍ مَّسْنُونٍ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sen Robbingning farishtalarga: «Albatta, men quruq loydan, o`zgartirilgan qora balchiqdan bashar yaratguvchidirman.Сен Роббингнинг фаришталарга: «Албатта, мен қуруқ лойдан, ўзгартирилган қора балчиқдан башар яратгувчидирман.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), eslang, Parvardigoringiz farishtalarga: «Albatta, Men (asli) qora botqoqdan boʻlib (odam surati berilgach) quritilgan loydan inson Yaratguvchiman.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), эсланг, Парвардигорингиз фаришталарга: «Албатта, Мен (асли) қора ботқоқдан бўлиб (одам сурати берилгач) қуритилган лойдан инсон Яратгувчиман.

263-sahifa · 14-juz · 27-hizb263-саҳифа · 14-жуз · 27-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَإِذْva esla, oʻshandaва эсла, ўшандаقَالَdeganiniдеганиниرَبُّكَRobbingРоббингلِلْمَلَـٰٓئِكَةِfarishtalargaфаришталаргаإِنِّىalbatta, menалбатта, менخَـٰلِقٌۢyaratguvchidirmanяратгувчидирманبَشَرًۭاbasharбашарمِّن-dan-данصَلْصَـٰلٍۢquruq loyқуруқ лойمِّنْ-dan-данحَمَإٍۢqora balchiqқора балчиқمَّسْنُونٍۢoʻzgartirilganўзгартирилган
TafsirТафсир

Demak, Alloh taolo insonning asli boʻlmish Odam Atoni yaratishdan oldin farishtalarga oʻsha niyatini aytgan. Shu bilan birga, uni yaratib, mukammal qilib boʻlganidan keyin, ichiga Oʻz ruhidan puflab jon kiritgan paytida ularning Odamga sajda etishlari lozimligini ham taʼkidlagan. Bu oʻrinda Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga va har bir eshituvchiga (yaʼni Qurʼon tilovatini tinglovchiga) ushbu holni eslashni amr etmoqda.

Ha, bu har qancha eslasa, har qancha ibrat olsa, arzirli hodisadir.

Insonning asli arzimagan qora balchiq loydan iborat edi. Ammo uni Alloh qudrat qoʻli ila inson shakliga keltirdi. Biroq shunda ham loyligicha qolaverdi. Alloh taolo uning ichiga Oʻz ruhidan puflagandan keyingina insonga aylandi. Qadr-qiymat topdi. Farishtalar unga, Allohning amri ila, sajda qiladigan darajadagi oliy maqomga erishdi. Demak, insonning qadr-qiymati ruh bilan bogʻliq. Inson qancha ruhoniy boʻlsa, shuncha qiymati ortadi. Ruhoniyligini yoʻqotgan sari qadr-qiymatini ham yoʻqotib boradi. Ruhoniylikni inkor etsa, insonligini ham inkor qilib, hayvon darajasiga tushib qoladi. Balki, undan ham past darajaga tushib qoladi.

Inson loy va ruhdan, yaʼni, jism va ruhdan iboratdir. Uning asl tabiatiga shu ikki narsa qorishgan boʻladi. Islom esa, ham jasadga, ham ruhga eʼtibor berish, ikkovini mutanosib ravishda tutishga buyuradi. Jasadning ham, ruhning ham talablariga meʼyorida javob berish lozim. Biriga eʼtibor berib, ikkinchisini parvosiz qoʻyish kerak emas.

Shuningdek, iblis insondan oldin samum olovidan yaratilgan boʻlib, unga Allohning ruhi kirmadi, yaʼni, olovdan yaratilganicha qoldi. U ham oʻz asliga tortadi. Zararli olov kabi, insonni kuydiradi. Igʻvosiga uchganlarni halokatga boshlaydi.

Chunki, iblis avval boshdan odamga dushmanlik qilib Allohga osiy boʻldi. Alloh taolo odamni mukammal etib yaratib, unga Oʻz ruhidan puflagach, barcha farishtalarni unga sajda qilishga buyurgan chogʻda: