فَإِذَا سَوَّيْتُهُۥ وَنَفَخْتُ فِيهِ مِن رُّوحِى فَقَعُوا۟ لَهُۥ سَـٰجِدِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, qachonki uni to`g`rilab bo`lganimda va ichiga O`z ruhimdan puflaganimda, unga sajda qilgan holingizda yiqiling», deganini esla.Бас, қачонки уни тўғрилаб бўлганимда ва ичига Ўз руҳимдан пуфлаганимда, унга сажда қилган ҳолингизда йиқилинг», деганини эсла.Alauddin Mansour: Bas, qachon uni tiklab, ichiga Oʻz (dargohimdagi) jondan kiritganimda, sizlar unga sajda qilgan holingizda yiqilingiz!», deganida;Бас, қачон уни тиклаб, ичига Ўз (даргоҳимдаги) жондан киритганимда, сизлар унга сажда қилган ҳолингизда йиқилингиз!», деганида;
Demak, Alloh taolo insonning asli boʻlmish Odam Atoni yaratishdan oldin farishtalarga oʻsha niyatini aytgan. Shu bilan birga, uni yaratib, mukammal qilib boʻlganidan keyin, ichiga Oʻz ruhidan puflab jon kiritgan paytida ularning Odamga sajda etishlari lozimligini ham taʼkidlagan. Bu oʻrinda Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga va har bir eshituvchiga (yaʼni Qurʼon tilovatini tinglovchiga) ushbu holni eslashni amr etmoqda.
Ha, bu har qancha eslasa, har qancha ibrat olsa, arzirli hodisadir.
Insonning asli arzimagan qora balchiq loydan iborat edi. Ammo uni Alloh qudrat qoʻli ila inson shakliga keltirdi. Biroq shunda ham loyligicha qolaverdi. Alloh taolo uning ichiga Oʻz ruhidan puflagandan keyingina insonga aylandi. Qadr-qiymat topdi. Farishtalar unga, Allohning amri ila, sajda qiladigan darajadagi oliy maqomga erishdi. Demak, insonning qadr-qiymati ruh bilan bogʻliq. Inson qancha ruhoniy boʻlsa, shuncha qiymati ortadi. Ruhoniyligini yoʻqotgan sari qadr-qiymatini ham yoʻqotib boradi. Ruhoniylikni inkor etsa, insonligini ham inkor qilib, hayvon darajasiga tushib qoladi. Balki, undan ham past darajaga tushib qoladi.
Inson loy va ruhdan, yaʼni, jism va ruhdan iboratdir. Uning asl tabiatiga shu ikki narsa qorishgan boʻladi. Islom esa, ham jasadga, ham ruhga eʼtibor berish, ikkovini mutanosib ravishda tutishga buyuradi. Jasadning ham, ruhning ham talablariga meʼyorida javob berish lozim. Biriga eʼtibor berib, ikkinchisini parvosiz qoʻyish kerak emas.
Shuningdek, iblis insondan oldin samum olovidan yaratilgan boʻlib, unga Allohning ruhi kirmadi, yaʼni, olovdan yaratilganicha qoldi. U ham oʻz asliga tortadi. Zararli olov kabi, insonni kuydiradi. Igʻvosiga uchganlarni halokatga boshlaydi.
Chunki, iblis avval boshdan odamga dushmanlik qilib Allohga osiy boʻldi. Alloh taolo odamni mukammal etib yaratib, unga Oʻz ruhidan puflagach, barcha farishtalarni unga sajda qilishga buyurgan chogʻda: