إِلَّآ إِبْلِيسَ أَبَىٰٓ أَن يَكُونَ مَعَ ٱلسَّـٰجِدِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Magar iblis sajda qiluvchilar bilan birga bo`lishdan bosh tortdi.Магар иблис сажда қилувчилар билан бирга бўлишдан бош тортди.Alauddin Mansour: Magar iblis sajda qiluvchilar bilan birga boʻlishdan bosh tortdi.Магар иблис сажда қилувчилар билан бирга бўлишдан бош тортди.
Alloh taoloning mazkur amriga itoat qilib, «Bas, farishtalar barchalari sajda qildilar». Hamma farishtalar, birortalari ham qolmay, amri ilohiyga darhol itoat qilib, Odamga sajda qildilar. Unga Alloh xohlaganidek ehtirom koʻrsatdilar. «Magar Iblis sajda qiluvchilar bilan birga boʻlishdan bosh tortdi.» Odamga faqatgina iblis sajda qilmadi. U, Alloh taoloning bu boradagi amrini ado etishdan bosh tortdi. Shunda Alloh taolo unga xitob qildi: