QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Hijr surasi · Oyatсураси · Оят33

قَالَ لَمْ أَكُن لِّأَسْجُدَ لِبَشَرٍ خَلَقْتَهُۥ مِن صَلْصَـٰلٍ مِّنْ حَمَإٍ مَّسْنُونٍ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U: «Sen quruq loydan, o`zgartirilgan qora balchiqdan yaratgan basharga sajda qila olmasdim», dedi.У: «Сен қуруқ лойдан, ўзгартирилган қора балчиқдан яратган башарга сажда қила олмасдим», деди.Alauddin Mansour: U aytdi: «Men (asli) qora botqoqdan boʻlib, (odam surati berilgach) quritilgan loydan Sen yaratgan Odamga sajda qilguvchi emasman».У айтди: «Мен (асли) қора ботқоқдан бўлиб, (одам сурати берилгач) қуритилган лойдан Сен яратган Одамга сажда қилгувчи эмасман».

264-sahifa · 14-juz · 27-hizb264-саҳифа · 14-жуз · 27-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قَالَu dediу дедиلَمْemasэмасأَكُنboʻlar edimбўлар эдимلِّأَسْجُدَsajda qiladiganсажда қиладиганلِبَشَرٍbashargaбашаргаخَلَقْتَهُۥSen uni yaratganСен уни яратганمِن-dan-данصَلْصَـٰلٍۢquruq loyқуруқ лойمِّنْ-dan-данحَمَإٍۢqora balchiqқора балчиқمَّسْنُونٍۢoʻzgartirilganўзгартирилган
TafsirТафсир

Bu gap iblisning gʻururga ketganidan dalolat beradi. U odamni oʻzicha tahqir ila zikr etib, uning qora loydan yaratilganini eslamoqda. Yaʼni, men undan afzal boʻlsam-u, qora balchiqdan yaratilgan narsaga nima uchun sajda qilar ekanman, demoqda. Lekin oʻsha qora balchiqdan odamni Alloh yaratganini, unga Oʻz ruhidan jon puflaganini esga olmayapti. Aslida, shu narsalar insonni sharaflaganini, shu tufayli inson iblisdan ham, farishtalardan ham ustun qoʻyilib, ular Odamga sajda qilishlari lozim boʻlganini eslamayapti.