QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Hijr surasi · Oyatсураси · Оят47

وَنَزَعْنَا مَا فِى صُدُورِهِم مِّنْ غِلٍّ إِخْوَٰنًا عَلَىٰ سُرُرٍ مُّتَقَـٰبِلِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ularning dillaridagi g`illi-g`ishtlarni chiqarib tashladik. So`rilarda bir-birlariga boqib, do`st bo`lgan hollarida o`ltirurlar.Уларнинг дилларидаги ғилли-ғиштларни чиқариб ташладик. Сўриларда бир-бирларига боқиб, дўст бўлган ҳолларида ўлтирурлар.Alauddin Mansour: Biz (jannatlardagi) soʻrilarda doʻst-birodar boʻlib, bir-birlariga roʻbaroʻ oʻtirgan zotlarning dillaridagi har qanday gina-kuduratlarni chiqarib tashladik.Биз (жаннатлардаги) сўриларда дўст-биродар бўлиб, бир-бирларига рўбарў ўтирган зотларнинг дилларидаги ҳар қандай гина-кудуратларни чиқариб ташладик.

264-sahifa · 14-juz · 27-hizb264-саҳифа · 14-жуз · 27-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَنَزَعْنَاva chiqarib tashladikва чиқариб ташладикمَاnarsaniнарсаниفِى-dagi-дагиصُدُورِهِمdillaridaдилларидаمِّنْ-dan-данغِلٍّgʻilli-gʻishtғилли-ғиштإِخْوَٰنًاdoʻst boʻlgan holdaдўст бўлган ҳолдаعَلَىٰustidaустидаسُرُرٍۢsoʻrilarсўриларمُّتَقَـٰبِلِينَbir-birlariga boqibбир-бирларига боқиб
TafsirТафсир

Inson qanchalik moddiy rohat-farogʻatga erishmasin, koʻnglida bir oz gʻashlik boʻlsa, unga oʻsha rohat-farogʻat tatimaydi. Shuning uchun, Alloh taolo Oʻz rahmati ila jannatga sazovor qilgan taqvodor bandalarining dillarida gʻashliklar, yaʼni, hiqdu hasad, koʻra olmaslik kabi baʼzi bir illatlar boʻlsa, chiqarib tashlaydi. Shunda ahli jannatning dillarida bir-birlariga nisbatan hech qanday gʻillu-gʻisht qolmaydi. Ular jannatdagi:

«Soʻrilarda bir-birlariga boqib, doʻst boʻlgan hollarida oʻltirurlar».

Ularda bir-birlariga ters narsa boʻlmaydi.