QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Hijr surasi · Oyatсураси · Оят56

قَالَ وَمَن يَقْنَطُ مِن رَّحْمَةِ رَبِّهِۦٓ إِلَّا ٱلضَّآلُّونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U: «Faqat zalolatga ketgan kishilargina o`z Robbisining rahmatidan noumid bo`lurlar», dedi.У: «Фақат залолатга кетган кишиларгина ўз Роббисининг раҳматидан ноумид бўлурлар», деди.Alauddin Mansour: U dedi: «Parvardigorining fazlu rahmatidan faqat gumroh kimsalargina noumid boʻlurlar».У деди: «Парвардигорининг фазлу раҳматидан фақат гумроҳ кимсаларгина ноумид бўлурлар».

265-sahifa · 14-juz · 27-hizb265-саҳифа · 14-жуз · 27-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قَالَdediдедиوَمَنva kimва кимيَقْنَطُnoumid boʻlurноумид бўлурمِن-dan-данرَّحْمَةِrahmatiраҳматиرَبِّهِۦٓoʻz Robbiningўз Роббинингإِلَّاmagarмагарٱلضَّآلُّونَzalolatga ketganlarзалолатга кетганлар
TafsirТафсир

Allohning rahmati kengdir. U rahmati ila butun borliqni qamrab olgandir. Uning rahmatidan noumid boʻlish faqat bir toifaga–yoʻldan adashgan, gumroh toifaga xos. Allohning rahmatidan yuz oʻgirib, zalolat yoʻliga kirib ketgan kimsagina noumid boʻladi, xolos. Ammo, iymonli kishilar doimo Alloh taolo bilan bogʻliq boʻladilar. Ular doimo Allohning rahmatidan umidvor boʻlib yashaydilar. Ular eng ogʻir chogʻlarda ham, eng qiyinchilik paytlarda ham Allohning rahmatidan umid uzmaydilar.

Bu gaplardan keyin Ibrohim alayhissalomning koʻngillari tinchidi. Qoʻrquv ketdi. Farishtalardan boshqa narsani soʻray boshladilar: