QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Hijr surasi · Oyatсураси · Оят63

قَالُوا۟ بَلْ جِئْنَـٰكَ بِمَا كَانُوا۟ فِيهِ يَمْتَرُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular: «Yo`q! Biz senga ular shak qilayotgan narsa ila keldik.Улар: «Йўқ! Биз сенга улар шак қилаётган нарса ила келдик.Alauddin Mansour: Ular dedilar: «Yoʻq, (biz Allohning elchi — farishtalarimiz). Biz senga ular (yaʼni, qavming) shak-shubha qilayotgan narsani (yaʼni, Allohning azobini) keltirdik.Улар дедилар: «Йўқ, (биз Аллоҳнинг элчи — фаришталаримиз). Биз сенга улар (яъни, қавминг) шак-шубҳа қилаётган нарсани (яъни, Аллоҳнинг азобини) келтирдик.

265-sahifa · 14-juz · 27-hizb265-саҳифа · 14-жуз · 27-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قَالُوا۟dedilarдедиларبَلْyoʻq!йўқ!جِئْنَـٰكَsenga keldikсенга келдикبِمَاnarsa ilaнарса илаكَانُوا۟ular edilarулар эдиларفِيهِu haqdaу ҳақдаيَمْتَرُونَshak qilayotganшак қилаётган
TafsirТафсир

Yaʼni, farishtalar Lut alayhissalomga javoban deyishdiki: Yoʻq! Sening aytganingchalik emas. Biz taniqli zotlarmiz. Allohning elchilari, farishtalarmiz. «Biz senga ular shak qilayotgan narsa ila keldik.» Sening huzuringga, qavmingga oʻsha kofir, osiy qavmlaring shak keltirayotgan azobni olib keldik. «Senga haq ila keldik.» Biz olib kelgan narsa haq. Hech shubha qilib boʻlmaydi. Biz bilan uni kechiktirish haqida tortishib boʻlmaydi. Hattoki, uni bir oz ortga surishni iltimos qilib ham boʻlmaydi. «...va albatta, bizlar rostgoʻylardurmiz.» Sen, ey Paygʻambar, tortishib ham oʻtirma, muhlat ham soʻrama. «Ahling ila kechaning bir boʻlagida yoʻlga chiq.» Ahli ayoling va oʻzingga tobe odamlarni olgin-da, kechaning bir qismida, azobda qolmaslik uchun, yoʻlga chiq. «Sen ularning ortidan kuzatib bor.» Sen boshliqsan. Hammasidan masʼulsan. Shu sababli, birortasi qolib ketmasligi uchun, ortda qolib, hamma narsani orqadan kuzatib bor. «Sizlardan hech birlaringiz ortga qaramasin.» Chunki, bu qavmga tushgan azobning dahshatini koʻrsa, qattiq qoʻrqib ketadi. «Amr qilingan tomoningizga ketaveringlar.» Sizlarga qayoqqa borish buyurilgan boʻlsa, oʻsha tomonga qarab ketaveringlar.