وَأَتَيْنَـٰكَ بِٱلْحَقِّ وَإِنَّا لَصَـٰدِقُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Senga haq ila keldik va albatta, bizlar rostgo`ylardurmiz.Сенга ҳақ ила келдик ва албатта, бизлар ростгўйлардурмиз.Alauddin Mansour: Biz senga haq (azob xabari)ni keltirdik. Biz, shak-shubhasiz, rostgoʻydirmiz.Биз сенга ҳақ (азоб хабари)ни келтирдик. Биз, шак-шубҳасиз, ростгўйдирмиз.
Yaʼni, farishtalar Lut alayhissalomga javoban deyishdiki: Yoʻq! Sening aytganingchalik emas. Biz taniqli zotlarmiz. Allohning elchilari, farishtalarmiz. «Biz senga ular shak qilayotgan narsa ila keldik.» Sening huzuringga, qavmingga oʻsha kofir, osiy qavmlaring shak keltirayotgan azobni olib keldik. «Senga haq ila keldik.» Biz olib kelgan narsa haq. Hech shubha qilib boʻlmaydi. Biz bilan uni kechiktirish haqida tortishib boʻlmaydi. Hattoki, uni bir oz ortga surishni iltimos qilib ham boʻlmaydi. «...va albatta, bizlar rostgoʻylardurmiz.» Sen, ey Paygʻambar, tortishib ham oʻtirma, muhlat ham soʻrama. «Ahling ila kechaning bir boʻlagida yoʻlga chiq.» Ahli ayoling va oʻzingga tobe odamlarni olgin-da, kechaning bir qismida, azobda qolmaslik uchun, yoʻlga chiq. «Sen ularning ortidan kuzatib bor.» Sen boshliqsan. Hammasidan masʼulsan. Shu sababli, birortasi qolib ketmasligi uchun, ortda qolib, hamma narsani orqadan kuzatib bor. «Sizlardan hech birlaringiz ortga qaramasin.» Chunki, bu qavmga tushgan azobning dahshatini koʻrsa, qattiq qoʻrqib ketadi. «Amr qilingan tomoningizga ketaveringlar.» Sizlarga qayoqqa borish buyurilgan boʻlsa, oʻsha tomonga qarab ketaveringlar.