وَقَضَيْنَآ إِلَيْهِ ذَٰلِكَ ٱلْأَمْرَ أَنَّ دَابِرَ هَـٰٓؤُلَآءِ مَقْطُوعٌ مُّصْبِحِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va unga ushbu amrni vahiy qildik: «Albatta, anavilarning orqasi subh chog`i kesilajakdir».Ва унга ушбу амрни ваҳий қилдик: «Албатта, анавиларнинг орқаси субҳ чоғи кесилажакдир».Alauddin Mansour: Biz unga (yaʼni, Lutga) tong paytida ana u (kofir qavm)ning dumi qirqilishi — halok boʻlishi haqidagi mana shu farmonni vahiy qildik.Биз унга (яъни, Лутга) тонг пайтида ана у (кофир қавм)нинг думи қирқилиши — ҳалок бўлиши ҳақидаги мана шу фармонни ваҳий қилдик.
Yaʼni, biz Lutga, anavi kofir qavmlarning tong chogʻida tamoman halok etilishi aniq, deb xabar berdik. Ular oxirlarigacha yoʻq qilinadilar. Ortlaridan biror kishi ham qolmaydi. Orqalari kesiladi.
Lekin hali bu ishlarning boʻlishiga vaqt bor. Kech kirgani ham yoʻq. Jinoyatchi qavm oʻziga Alloh tomonidan balo kelishiga shak qiladi, ishonmaydi. Ularning dardu gʻami boshqa narsada. Ularga Lut alayhissalom huzuriga yosh, chiroyli yigitlar mehmon boʻlib kelgani haqida xabar yetib bordi.