QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Hijr surasi · Oyatсураси · Оят68

قَالَ إِنَّ هَـٰٓؤُلَآءِ ضَيْفِى فَلَا تَفْضَحُونِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U: «Bular mening mehmonlarim, axir. Meni sharmanda qilmanglar», dedi.У: «Булар менинг меҳмонларим, ахир. Мени шарманда қилманглар», деди.Alauddin Mansour: (Shunda Lut) dedi: «Axir bu (yigitlar) mening mehmonlarim-ku. Meni sharmanda qilmanglar.(Шунда Лут) деди: «Ахир бу (йигитлар) менинг меҳмонларим-ку. Мени шарманда қилманглар.

265-sahifa · 14-juz · 27-hizb265-саҳифа · 14-жуз · 27-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قَالَdediдедиإِنَّalbattaалбаттаهَـٰٓؤُلَآءِbularбуларضَيْفِىmening mehmonlarimменинг меҳмонларимفَلَاbas, emasбас, эмасتَفْضَحُونِmeni sharmanda qilmanglarмени шарманда қилманглар
TafsirТафсир

Lut alayhissalom bu sharmanda qavmning holini yaxshi bilar edilar. Bular insonlik tabiatini tamoman yoʻqotib, hayvon ham qilmaydigan ish ila oshkora ravishda, faxr bilan shugʻullanish darajasiga yetganlarining guvohi edilar. Shuning uchun ham, Lut alay- hissalom mehmonlar kelishi bilan bezovtalanib, oʻzlarini qoʻyarga joy topmay, ularga turli savollar berayotgan edilar. Jinoyatchi, orsiz, nomussiz qavm xalloslab yetib kelishi bilan, ulardan mehmonlarini himoya qilishga tushdilar:

«Bular mening mehmonlarim, axir. Meni sharmanda qilmanglar», dedi».

Bu gaplari bilan, aqalli, odamgarchilikning oxirgi uchqunini boʻlsa ham qoʻzgʻamoqchi boʻldilar.

Hech boʻlmasa, mehmon ekanliklarini eʼtiborga olinglar. Bularni fahsh ishga zoʻrlab, ularning mezboni boʻlmish meni sharmanda qilmanglar, dedilar.