QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Hijr surasi · Oyatсураси · Оят70

قَالُوٓا۟ أَوَلَمْ نَنْهَكَ عَنِ ٱلْعَـٰلَمِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular: «Biz seni olamlardan qaytarmaganmidik?!» dedilar.Улар: «Биз сени оламлардан қайтармаганмидик?!» дедилар.Alauddin Mansour: Ular aytdilar: «Biz seni barcha olam (odamlarini himoya qilish)dan qaytarmaganmidik?!»Улар айтдилар: «Биз сени барча олам (одамларини ҳимоя қилиш)дан қайтармаганмидик?!»

265-sahifa · 14-juz · 27-hizb265-саҳифа · 14-жуз · 27-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قَالُوٓا۟dedilarдедиларأَوَلَمْaxir emasmidikахир эмасмидикنَنْهَكَseni qaytarganсени қайтарганعَنِ-dan-данٱلْعَـٰلَمِينَolamlarоламлар
TafsirТафсир

Yaʼni, biz seni bundan oldin hech kimni himoya qilmaslikka buyurgan emasmidik?

Gaplaridan koʻrinib turibdiki, Lut alayhissalom bilan bu nobakor qavm oʻrtasida oʻsha masalada oldin ham tortishuvlar boʻlib oʻtgan. Lut alayhissalom ularni oʻtaketgan fahsh ish boʻlmish bachchabozlikdan qaytarganlar, kimlarnidir himoya qilganlar va jinoyatchi qavm u kishiga olamda hech kimni himoya qilmaslikni aytib tahdid solgan. Ular hozir Lut alayhissalomga oralarida avval boʻlib oʻtgan oʻsha gap-soʻzlarni eslatmoqdalar. Biz senga olamlarni, yaʼni, dunyodagi biron kimsani himoya qilib, bizning shahvat qondirishimiz yoʻlida toʻsiq boʻlmagin, demaganmidik, demoqdalar.

Lut alayhissalom boʻlsa, yana ham umidni uzmay, jinsiy maylni qondirishning toʻgʻri yoʻlini ularga bildirmoqchi boʻldilar: