QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Hijr surasi · Oyatсураси · Оят71

قَالَ هَـٰٓؤُلَآءِ بَنَاتِىٓ إِن كُنتُمْ فَـٰعِلِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U: «Agar (bu ishni) qiluvchi bo`lsangiz, anavu qizlarim bor», dedi.У: «Агар (бу ишни) қилувчи бўлсангиз, анаву қизларим бор», деди.Alauddin Mansour: U (Lut) dedi: «Agar (shu ishni) qilguvchi boʻlsangizlar, ana (qishlogʻimizdagi) qizlarim (turishibdi, oʻsha qizlarni nikohlaringizga olaveringlar)».У (Лут) деди: «Агар (шу ишни) қилгувчи бўлсангизлар, ана (қишлоғимиздаги) қизларим (туришибди, ўша қизларни никоҳларингизга олаверинглар)».

266-sahifa · 14-juz · 27-hizb266-саҳифа · 14-жуз · 27-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قَالَdediдедиهَـٰٓؤُلَآءِanavilarанавиларبَنَاتِىٓmening qizlarimменинг қизларимإِنagarагарكُنتُمْboʻlsangizбўлсангизفَـٰعِلِينَqiluvchilarқилувчилар
TafsirТафсир

Albatta, Alloh tomonidan Paygʻambar qilib yuborilgan Lut alayhissalomdek zot oʻz qizlarini yoki ayol ummatlarini zinoga ishora qilmaydilar. Bu yerda jinoyatchi qavmni jinsiy jinoyatdan, bachchabozlikdan qaytarish haqida gap ketmoqda. Erkak kishi bilan erkak kishining jinsiy aloqa qilishi insoniy tabiatga toʻgʻri kelmasligini tushuntirish borasida urinish boʻlmoqda. Shuning uchun, Lut alayhissalom ularga, shahvat qondirishning toʻgʻri yoʻli ayol kishi ila jinsiy aloqada boʻlish, deb tushuntirmoqdalar. Agar shahvatingizni qondirishni istasangiz, ana, ayollar turibdi, oʻshalar ila halol-pok yoʻl bilan qondiringlar, demoqdalar.