QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Hijr surasi · Oyatсураси · Оят79

فَٱنتَقَمْنَا مِنْهُمْ وَإِنَّهُمَا لَبِإِمَامٍ مُّبِينٍ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, Biz ulardan intiqom oldik. Albatta, ularning ikkovlari ham ochiq yo`l ustidadir.Бас, Биз улардан интиқом олдик. Албатта, уларнинг икковлари ҳам очиқ йўл устидадир.Alauddin Mansour: Bas, Biz ulardan intiqom oldik. Darvoqeʼ, ularning (yaʼni, Lut qavmining shahri va Shuʼayb qavmining shahri) ikkisi ham ochiq yoʻl ustidadir. (Yaʼni, ularni koʻrib ibrat olmaysizlarmi?)Бас, Биз улардан интиқом олдик. Дарвоқеъ, уларнинг (яъни, Лут қавмининг шаҳри ва Шуъайб қавмининг шаҳри) иккиси ҳам очиқ йўл устидадир. (Яъни, уларни кўриб ибрат олмайсизларми?)

266-sahifa · 14-juz · 27-hizb266-саҳифа · 14-жуз · 27-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَٱنتَقَمْنَاbas, intiqom oldikбас, интиқом олдикمِنْهُمْulardanуларданوَإِنَّهُمَاva albatta, ikkovlariва албатта, икковлариلَبِإِمَامٍۢalbatta yoʻl ustidadirалбатта йўл устидадирمُّبِينٍۢochiqочиқ
TafsirТафсир

Yaʼni, Biz Shuayb qavmidan intiqom oldik. Ular qattiq zilzila va soyali bulut kuni azobga uchradilar. Bu qavmning halok boʻlish vaqti yaqinlashganida, havo juda isib ketdi. Shunda Alloh bir soyali bulut yubordi. Qavmning hammasi uning soyasida jon saqlash uchun bir joyga toʻplandilar. Shunda oʻsha bulutdan olov chiqib, hammalarini halok qildi.

«Albatta, ularning ikkovlari ham ochiq yoʻl ustidadir.»

Yaʼni, Lut alayhissalom va Shuayb alayhissalom qavmi yashagan shahar vayronalari ochiq yoʻl ustidadir. Yoʻldan oʻtganlar ularni koʻrib, ibrat olishlari zarur.

Endi esa, Hijr egalari qissasi keladi.