QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Hijr surasi · Oyatсураси · Оят80

وَلَقَدْ كَذَّبَ أَصْحَـٰبُ ٱلْحِجْرِ ٱلْمُرْسَلِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Batahqiq, Hijr egalari Payg`ambarlarni yolg`onchiga chiqardilar.Батаҳқиқ, Ҳижр эгалари Пайғамбарларни ёлғончига чиқардилар.Alauddin Mansour: Aniqki, Hijr (vodiy) egalari (Samud oilasi) ham paygʻambarlarni (yaʼni, Solih alayhissalomni) yolgʻonchi qilgandirlar.Аниқки, Ҳижр (водий) эгалари (Самуд оиласи) ҳам пайғамбарларни (яъни, Солиҳ алайҳиссаломни) ёлғончи қилгандирлар.

266-sahifa · 14-juz · 27-hizb266-саҳифа · 14-жуз · 27-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلَقَدْva batahqiqва батаҳқиқكَذَّبَyolgʻonchiga chiqardilarёлғончига чиқардиларأَصْحَـٰبُegalariэгалариٱلْحِجْرِHijrҲижрٱلْمُرْسَلِينَPaygʻambarlarniПайғамбарларни
TafsirТафсир

Hijr Madiynai Munavvara bilan Shom oʻrtasidagi bir vodiy boʻlib, uning asarlari hozirgacha bordir. U vodiyda Solih alayhissalomning qavmi–Samud qabilasi yashagan. Ular vodiydagi toshlarni kesib oʻzlariga turar joylar yasaganlar.

Hijr vodiysi egalari–Samud qavmi ham oʻz Paygʻambarlari Solih alayhissalomni yolgʻonchiga chiqardilar. Ammo oyatda:

«Hijr egalari Paygʻambarlarni yolgʻonchiga chiqardilar», deyilmoqda.

Chunki, Alloh tomonidan yuborilgan bir Paygʻambarni yolgʻonchiga chiqarish Paygʻambarlarning hammasini yolgʻonchiga chiqarish bilan barobardir. Holbuki, ularning barchasini yagona Alloh bir xil daʼvat ila yuborgandir.