QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Hijr surasi · Oyatсураси · Оят81

وَءَاتَيْنَـٰهُمْ ءَايَـٰتِنَا فَكَانُوا۟ عَنْهَا مُعْرِضِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va ularga oyatlarimizni berdik. Bas, yuz o`giruvchi bo`ldilar.Ва уларга оятларимизни бердик. Бас, юз ўгирувчи бўлдилар.Alauddin Mansour: Biz ularga Oʻz oyat-moʻʼjizalarimizni ato etgan edik, ular bu oyatlardan yuz oʻgiruvchi boʻldilar.Биз уларга Ўз оят-мўъжизаларимизни ато этган эдик, улар бу оятлардан юз ўгирувчи бўлдилар.

266-sahifa · 14-juz · 27-hizb266-саҳифа · 14-жуз · 27-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَءَاتَيْنَـٰهُمْva ularga berdikва уларга бердикءَايَـٰتِنَاoyatlarimizniоятларимизниفَكَانُوا۟bas, boʻldilarбас, бўлдиларعَنْهَاulardanуларданمُعْرِضِينَyuz oʻgiruvchiюз ўгирувчи
TafsirТафсир

Yaʼni, oʻsha Hijr egalari uchun koʻplab oyatlar bor edi. Dunyo toʻla belgi edi. Oʻshalarni koʻrib, iymonga kelsalar boʻlar edi. Ammo bunday qilmadilar. Ularning Paygʻambari Solih alayhissalomga tuya moʻʼjiza qilib berildi. Ushbu tuyada moʻʼjizalar juda koʻp edi. Tuyaning toshdan chiqishi, chiqqanda ham qornida homilasi bilan chiqishi, jussasining kattaligi, sutining koʻpligi–bularning har qaysisi bir moʻʼjiza edi. Ammo Hijr egalari ularga eʼtibor koʻzi bilan qaramadilar. Ibrat olmadilar. Yuz oʻgirib, koʻrmaganday boʻlib ketaverdilar.