QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Hijr surasi · Oyatсураси · Оят82

وَكَانُوا۟ يَنْحِتُونَ مِنَ ٱلْجِبَالِ بُيُوتًا ءَامِنِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular tog`dan o`yib uy yasab, omonlikda yurar edilar.Улар тоғдан ўйиб уй ясаб, омонликда юрар эдилар.Alauddin Mansour: (Shundan soʻng) ular tinch-omonlikda (goʻyo hech qachon oʻlmaydigandek) togʻlaridan uylar yoʻnib yurganlarida,(Шундан сўнг) улар тинч-омонликда (гўё ҳеч қачон ўлмайдигандек) тоғларидан уйлар йўниб юрганларида,

266-sahifa · 14-juz · 27-hizb266-саҳифа · 14-жуз · 27-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَكَانُوا۟va ular edilarва улар эдиларيَنْحِتُونَoʻyib yasarўйиб ясарمِنَ-dan-данٱلْجِبَالِtogʻlarтоғларبُيُوتًاuylarуйларءَامِنِينَomonlikdaомонликда
TafsirТафсир

Hijr aholisi togʻning toshli qismini oʻyib oʻzlariga uy yasar edilar. Ularning bu uslubda yasagan uylari oʻta mustahkam boʻlar edi. Shuning uchun, ular oʻzlarini juda ham omonlikda his qilar edilar. Chunki mazkur mustahkam uylarda yashaganlarga birov yomonlik yetkazishi aqlga toʻgʻri kelmas edi. Ularning oʻzlari ana shu uylari ila magʻrur boʻlib, haddan oshgan edilar. Lekin Hijr ahlining bu xotirjamligi nooʻrin edi. Ular Alloh taolo har narsaga qodir Zot ekanini unutgan edilar.