QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Hijr surasi · Oyatсураси · Оят88

لَا تَمُدَّنَّ عَيْنَيْكَ إِلَىٰ مَا مَتَّعْنَا بِهِۦٓ أَزْوَٰجًا مِّنْهُمْ وَلَا تَحْزَنْ عَلَيْهِمْ وَٱخْفِضْ جَنَاحَكَ لِلْمُؤْمِنِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Biz ulardan ba'zi guruhlarni bahramand qilgan narsalarga (havas-la) nazar solma! Ular uchun xafa ham bo`lma! Mo`minlarga qanotingni pastlat!Биз улардан баъзи гуруҳларни баҳраманд қилган нарсаларга (ҳавас-ла) назар солма! Улар учун хафа ҳам бўлма! Мўминларга қанотингни пастлат!Alauddin Mansour: Siz koʻzlaringizni Biz u (kofirlardan ayrim) toifalarni bahramand qilgan narsalarga (yaʼni, ularning molu davlat, shaʼnu shavkatlariga) tikmang! Ularning (iymonsizliklari) ustida gʻamgin ham boʻlmang! Moʻminlar uchun qanotingizni past tuting (yaʼni, mudom kamtar-tavozuʼli boʻling!)Сиз кўзларингизни Биз у (кофирлардан айрим) тоифаларни баҳраманд қилган нарсаларга (яъни, уларнинг молу давлат, шаъну шавкатларига) тикманг! Уларнинг (иймонсизликлари) устида ғамгин ҳам бўлманг! Мўминлар учун қанотингизни паст тутинг (яъни, мудом камтар-тавозуъли бўлинг!)

266-sahifa · 14-juz · 27-hizb266-саҳифа · 14-жуз · 27-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
لَاemasэмасتَمُدَّنَّnazar solmaназар солмаعَيْنَيْكَikki koʻzingniикки кўзингниإِلَىٰ-ga-гаمَاnarsaнарсаمَتَّعْنَاbahramand qilganбаҳраманд қилганبِهِۦٓu ilaу илаأَزْوَٰجًۭاguruhlarniгуруҳларниمِّنْهُمْulardanуларданوَلَاva emasва эмасتَحْزَنْxafa boʻlmaхафа бўлмаعَلَيْهِمْular uchunулар учунوَٱخْفِضْva pastlatва пастлатجَنَاحَكَqanotingniқанотингниلِلْمُؤْمِنِينَmoʻminlargaмўминларга
TafsirТафсир

Kofirlarning ayrim guruhlariga bu dunyo hayotining baʼzi matohlarini berib qoʻyganmiz. Ular bu narsalardan bahramand boʻlib yuradilar. Sen ularning mazkur dunyo matohlariga havas ila nazar solma. Ular havas qilishga arziydigan narsalar emas. Haqiqiy havas qilsa arzigulik narsa senga berilgan Ulugʻ Qurʼondir. Zero, unda insonni ikki dunyo saodatiga yetaklovchi haq yoʻl koʻrsatilgandir.

«Ular uchun xafa boʻlma!»

Kofirlarning iymonga kelmaganliklari uchun xafa ham boʻlma.

«Moʻminlarga qanotingni pastlat!»

Iymonga kelib, senga ergashganlarga nisbatan mutavoze boʻl. Ular bilan chiroyli muomalada boʻl. Ularga lutf koʻrsat. Ularni oʻz qanoting ostiga ol.