QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Hijr surasi · Oyatсураси · Оят9

إِنَّا نَحْنُ نَزَّلْنَا ٱلذِّكْرَ وَإِنَّا لَهُۥ لَحَـٰفِظُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, Zikrni Biz nozil qildik va, albatta, uni Biz muhofaza qilurmiz.Албатта, Зикрни Биз нозил қилдик ва, албатта, уни Биз муҳофаза қилурмиз.Alauddin Mansour: Albatta, bu eslatmani (yaʼni, Qurʼonni) Biz Oʻzimiz nozil qildik va shubhasiz, Oʻzimiz uni saqlaguvchimiz.Албатта, бу эслатмани (яъни, Қуръонни) Биз Ўзимиз нозил қилдик ва шубҳасиз, Ўзимиз уни сақлагувчимиз.

262-sahifa · 14-juz · 27-hizb262-саҳифа · 14-жуз · 27-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِنَّاalbatta, Bizалбатта, БизنَحْنُOʻzimizЎзимизنَزَّلْنَاnozil qildikнозил қилдикٱلذِّكْرَzikrniзикрниوَإِنَّاva albatta, Bizва албатта, Бизلَهُۥuniуниلَحَـٰفِظُونَalbatta, muhofaza qilurmizалбатта, муҳофаза қилурмиз
TafsirТафсир

Ushbu Zikr–Qurʼon kofiru mushriklar majnun deb nomlayotgan Muhammad sollallohu alayhi vasallamning toʻqima asari emas. Uni aynan Biz nozil qildik. Uni odamlar inkor qilsalar ham, tan olmasalar ham, yoʻq qilib yubormoqchi boʻlsalar ham, baribir,

«albatta, uni Biz muhofaza qilurmiz».

Islom daʼvati oʻz boshidan eng ogʻir kunlarni kechirayotgan bir paytda, yaʼni, mushriklar Muhammad sollallohu alayhi vasallam boshliq oz sonli musulmonlarni butunlay yoʻqotishga, Qurʼonning nomini ham qoldirmaslikka qasd qilishib qolgan bir paytda nozil boʻlgan bu oyati karima haqiqiy ilohiy moʻʼjizadir. Agar mazkur kitob haqiqiy ilohiy moʻʼjiza boʻlmaganida, shunday qiyin paytda ishonch va taʼkid bilan bu gaplarni aytmas edi. Bu bir moʻʼjiza boʻlsa, oyatdagi vaʼdaning yuzaga chiqishi ming moʻʼjizadir. Qurʼon tusha boshlaganidan hozirgi kunga qadar uni yoʻq qilib yuborish, unga zarar yetkazish va oʻzgartirish kiritish uchun qanchadan-qancha urinishlar boʻldi. Ammo, Alloh taolo vaʼdasi ustidan chiqdi. Oʻz kitobini muhofaza qilib qoldi. Bu kitobning biror harfi ham oʻzgargani yoʻq. Dunyodagi hamma kitoblarga, hatto samoviy kitoblar boʻlmish Tavrot va Injilga ham oʻzgartirish kiritildi. Ammo Qurʼoni Karim sofligicha qoldi. Hatto Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hadisi shariflariga ham gʻarazgoʻylar hamla qilishdi. Oqibatda koʻplab hadis ilmi sohiblari, ulugʻ ulamolarimiz hadislarni bu hamladan himoya qilish uchun bir talay ishlarni amalga oshirishga majbur boʻldilar. Ammo Qurʼoni Karimning bir harfiga ham birov til tekkiza olmadi. Alloh taolo, vaʼdasiga binoan, kitobini Oʻz himoyasiga oldi.

Musulmonlar boshlaridan ogʻir zamonlarni oʻtkazdilar. Ular tamoman boshqalarga qaram boʻlib qolgan vaqtlar ham boʻldi. Koʻp urf- odatlari oʻzgarib ham ketdi. Ammo, Qurʼoni Karim oʻzgarmadi. Holbuki, Islom dushmanlarining, musulmonlar dushmanlarining asosiy maqsadi Qurʼonga zarar yetkazish edi. Ular maqsadlariga yeta olmadilar. Alloh Oʻz kitobini, vaʼdasiga binoan, muhofaza qilib qoldi.

Bundan keyin ham muhofaza qilajagi muqarrardir.

Keyingi oyatlarda Alloh taolo Paygʻambari Muhammad alayhissalomga tasalli berib, mushriklarning ozorlaridan xafa boʻlmaslikka chaqiradi va bu odatdagi hol ekanini bayon qiladi: