QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Hijr surasi · Oyatсураси · Оят90

كَمَآ أَنزَلْنَا عَلَى ٱلْمُقْتَسِمِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Xuddi taqsimlovchilarga tushirganimizga o`xshash.Худди тақсимловчиларга туширганимизга ўхшаш.Alauddin Mansour: Xuddi taqsimlovchilarga (yaʼni, Qurʼonning ayrim oyatlari oʻzlarining istak-xohishlariga toʻgʻri kelib qolsa, unga iymon keltirib, ayrim oyatlarini esa havoi xohishlariga toʻgʻri kelmagani uchun inkor etadigan yahudiy va nasroniylarga ilgari Tavrot va Injil kitoblarini) nozil qilganimiz kabi (sizga ham ushbu Qurʼonni nozil qildik).Худди тақсимловчиларга (яъни, Қуръоннинг айрим оятлари ўзларининг истак-хоҳишларига тўғри келиб қолса, унга иймон келтириб, айрим оятларини эса ҳавои хоҳишларига тўғри келмагани учун инкор этадиган яҳудий ва насронийларга илгари Таврот ва Инжил китобларини) нозил қилганимиз каби (сизга ҳам ушбу Қуръонни нозил қилдик).

266-sahifa · 14-juz · 27-hizb266-саҳифа · 14-жуз · 27-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
كَمَآxuddi oʻxshashхудди ўхшашأَنزَلْنَاtushirganimizgaтуширганимизгаعَلَى-ga-гаٱلْمُقْتَسِمِينَtaqsimlovchilarтақсимловчилар
TafsirТафсир

Bu joyda arab tilining nozik uslublaridan ishlatilmoqda. Ikki oyat oldin Muhammad sollallohu alayhi vasallamga yetti takrorlanuvchi va Ulugʻ Qurʼon tushirilgani aytilgan edi. Keyingi ikki oyatda Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga xitob qilinib, baʼzi koʻrsatmalar berildi. Soʻngra, senga yetti takrorlanuvchi va Ulugʻ Qurʼonni xuddi Qurʼonni parcha-parcha qilgan taqsimlovchilarga kitob tushirganimizga oʻxshash tushirdik, deyilmoqda.

«Qurʼonni parcha-parcha qilganlarga», deganda ahli kitob– yahudiy va nasorolar nazarda tutilgandir. Ular oʻzlariga kelgan ilohiy kitoblarni taqsimlab, bir qismiga iymon keltirib, bir qismiga iymon keltirmagan edilar. Endi esa, Qurʼonni ham parcha-parcha qilib, oʻz fikrlariga mos kelganini olib, toʻgʻri kelmaganini tark etmoqchi boʻlmoqdalar. Ana oʻshalarga oʻz vaqtida sinovchi kitob tushirganimizdek, senga ham bu samoviy kitobni–Ulugʻ Qurʼonni nozil qildik. Bu yangilik emas. Qadimdan boʻlib kelayotgan ish. Kishilar bahona, sabab axtarmay iymon keltirishlari zarur edi. Ammo, koʻplari bosh tortmoqdalar.