QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Hijr surasi · Oyatсураси · Оят97

وَلَقَدْ نَعْلَمُ أَنَّكَ يَضِيقُ صَدْرُكَ بِمَا يَقُولُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, Biz ularning aytayotganlaridan sening diling siqilishini yaxshi bilurmiz.Албатта, Биз уларнинг айтаётганларидан сенинг дилинг сиқилишини яхши билурмиз.Alauddin Mansour: Shak-shubhasiz, Biz ular (sizni masxara qilib) aytayotgan soʻzlardan dilingiz siqilishini bilurmiz.Шак-шубҳасиз, Биз улар (сизни масхара қилиб) айтаётган сўзлардан дилингиз сиқилишини билурмиз.

267-sahifa · 14-juz · 27-hizb267-саҳифа · 14-жуз · 27-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلَقَدْva albattaва албаттаنَعْلَمُBiz bilamizБиз биламизأَنَّكَseningсенингيَضِيقُsiqilishiniсиқилишиниصَدْرُكَdilingдилингبِمَاnarsadanнарсаданيَقُولُونَular aytayotganулар айтаётган
TafsirТафсир

Paygʻambar alayhissalom ham odam bolasi edilar. Gohida, mushriklarning qilmishlaridan, gap-soʻzlaridan yuraklari siqilar, koʻngillari gʻash boʻlar edi.

Alloh taolo ushbu oyatda u zoti bobarakotning koʻngillarini koʻtarmoqda. Yuraklari siqilishini yaxshi bilishini xabar qilmoqda. Shuningdek, kelasi oyatlarda bunday hollarda oʻzlarini qanday tutish kerakligini maslahat bermoqda: