ذَٰلِكَ بِأَنَّهُمُ ٱسْتَحَبُّوا۟ ٱلْحَيَوٰةَ ٱلدُّنْيَا عَلَى ٱلْـَٔاخِرَةِ وَأَنَّ ٱللَّهَ لَا يَهْدِى ٱلْقَوْمَ ٱلْكَـٰفِرِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bu, ularning dunyo hayotini oxiratdan ustun qo`yganlari sababidandir. Albatta, Alloh kofir qavmlarni hidoyat etmas.Бу, уларнинг дунё ҳаётини охиратдан устун қўйганлари сабабидандир. Албатта, Аллоҳ кофир қавмларни ҳидоят этмас.Alauddin Mansour: Bunga (yaʼni, bunday azob-uqubatlarga duchor boʻlishlariga) sabab ular hayoti dunyoni Oxiratdan afzal bilganlaridir. Alloh esa kofir qavmni hidoyat qilmas. (Bas, ular kofir boʻlganlari sababli haq yoʻlni topa olmay oʻlib keturlar).Бунга (яъни, бундай азоб-уқубатларга дучор бўлишларига) сабаб улар ҳаёти дунёни Охиратдан афзал билганларидир. Аллоҳ эса кофир қавмни ҳидоят қилмас. (Бас, улар кофир бўлганлари сабабли ҳақ йўлни топа олмай ўлиб кетурлар).
Yaʼni, oʻsha murtadlarga dunyo hayotini oxiratdan yuqori qoʻyib, iymonni tark etib, kufrga qaytganlari uchun azoblar beriladi. «Albatta, Alloh kofir qavmlarni hidoyat etmas.» Oʻsha murtadlar hidoyatdan mahrum qilish bilan ham jazolanadilar.