وَعَلَى ٱلَّذِينَ هَادُوا۟ حَرَّمْنَا مَا قَصَصْنَا عَلَيْكَ مِن قَبْلُ ۖ وَمَا ظَلَمْنَـٰهُمْ وَلَـٰكِن كَانُوٓا۟ أَنفُسَهُمْ يَظْلِمُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Yahudiy bo`lganlarga esa, senga bundan oldin aytib bergan narsalarimizni harom qildik. Biz ularga zulm qilmadik. Lekin ular o`zlariga zulm qilgan edilar.Яҳудий бўлганларга эса, сенга бундан олдин айтиб берган нарсаларимизни ҳаром қилдик. Биз уларга зулм қилмадик. Лекин улар ўзларига зулм қилган эдилар.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), yahudiy boʻlgan kimsalarga ilgari (Anʼom surasida) sizga soʻzlab bergan narsalarni harom qildik. Biz ularga zulm qilmadik, balki ular oʻzlariga (oʻzlari) zulm qilguvchi boʻldilar.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), яҳудий бўлган кимсаларга илгари (Анъом сурасида) сизга сўзлаб берган нарсаларни ҳаром қилдик. Биз уларга зулм қилмадик, балки улар ўзларига (ўзлари) зулм қилгувчи бўлдилар.
Ushbu oyatda ishora etilayotgan, Alloh yahudiylarga harom qilgan narsalar «Anʼom» surasida kelgan. Oʻsha suradagi oyatda Alloh taolo: «Yahudiy boʻlganlarga yakka tuyoqlilarni, mol va qoʻyning belidagi, ichaklaridagi va suyakka aralashganidan boshqa yogʻini harom qildik», degan edi. Bu hukm yahudiylarning oʻzlariga xos boʻlib, gunohlariga jazo sifatida tushirilgan edi. Musulmonlarga tegishli emasdir.
Bunday hukmni chiqarish bilan:
«Biz ularga zulm qilmadik».
Yaʼni, mazkur narsalarni harom qilish bilan Biz yahudiylarga zulm qilganimiz yoʻq.
«Lekin ular oʻzlariga zulm qilgan edilar.»
Ular haddan oshib, Allohning amrini bajarmaslik ila oʻzlariga oʻzlari zulm qildilar. Zinhor boshqaga emas. Oʻsha gunohlari tufayli ularga mazkur hukm joriy boʻldi.
Yahudiylardan keyin kelganlar ularning xatosini takrorlab yurmasinlar. Aks holda, ularga ham yahudiylarga oʻxshab muomala qilinishi mumkin. Buning oʻrniga, oʻzlarini oʻnglab, toʻgʻri yoʻlni topishga harakat qilsinlar.