ثُمَّ إِنَّ رَبَّكَ لِلَّذِينَ عَمِلُوا۟ ٱلسُّوٓءَ بِجَهَـٰلَةٍ ثُمَّ تَابُوا۟ مِنۢ بَعْدِ ذَٰلِكَ وَأَصْلَحُوٓا۟ إِنَّ رَبَّكَ مِنۢ بَعْدِهَا لَغَفُورٌ رَّحِيمٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: So`ngra, albatta, Robbing bilmasdan yomon amal qilganlarga, undan keyin esa, tavba qilib yaxshi amallarni qilganlarga, albatta, Robbing shulardan so`ng mag`firatli va rahimlidir.Сўнгра, албатта, Роббинг билмасдан ёмон амал қилганларга, ундан кейин эса, тавба қилиб яхши амалларни қилганларга, албатта, Роббинг шулардан сўнг мағфиратли ва раҳимлидир.Alauddin Mansour: Soʻngra (bilingki), albatta, Parvardigoringiz, bilmagan holda yomonlik — gunoh qilib qoʻyib, keyin tavba qilgan va oʻzlarini tuzatgan kishilar uchun, shak-shubhasiz, oʻsha (tavba-tazarruʼlaridan) soʻng Parvardigoringiz (ularni) magʻfirat qilguvchi, mehribondir.Сўнгра (билингки), албатта, Парвардигорингиз, билмаган ҳолда ёмонлик — гуноҳ қилиб қўйиб, кейин тавба қилган ва ўзларини тузатган кишилар учун, шак-шубҳасиз, ўша (тавба-тазарруъларидан) сўнг Парвардигорингиз (уларни) мағфират қилгувчи, меҳрибондир.
Ushbu oyatda Alloh taolo kimlarning tavbasini magʻfirat qilib, unga rahmatini nasib etishini bayon etmoqda. Oyati karimani diqqat bilan oʻrganadigan boʻlsak, insonning tavbasi qabul boʻlishi uchun, avvalo,
«...bilmasdan yomon amal qilgan...»
yaʼni, gunoh va yomon amalni bilmasdan, xato ila qilgan boʻlishi kerak.
Bila turib qilgan boʻlsa, shartga toʻgʻri kelmaydi va tavbasi qabul boʻlmaydi. Baʼzi kishilarning «Hozircha oʻynab olaylik, falon yoshga kirganimizda tavba qilib, namoz oʻqishni boshlaymiz», degan kabi tushuncha va gaplarining notoʻgʻri ekanini ham shundan bilib olamiz.
Ikkinchidan,
«...undan keyin esa tavba qilib...»
Inson qilgan gunohi uchun tavba qilishi kerak, chin dildan afsuslanib, Allohga istigʻfor aytib, oʻsha gunoh ishdan qaytishi, uni butunlay tark etishi lozim.
Uchinchidan,
«...yaxshi amallarni qilganlarga...»
Yaʼni, tavbadan soʻng yaxshi amallarni qilishi shart. Oʻsha ish uning tavbasi haqiqiy ekanini koʻrsatadi.
«...albatta, Robbing shulardan soʻng magʻfiratli va rahimlidir.»
Ana shu shartlarni bajarganlarga Alloh taolo magʻfiratini nasib etadi. Gunohlarini kechiradi. Rahim qilib, oxiratda mukofotlarini beradi.
Yuqorida oʻzlarining Ibrohim alayhissalomga yaqinliklarini daʼvo qilayotgan yahudiylar uchun harom boʻlgan narsalar esga olindi. Maʼlumki, arab mushriklari ham, «Ibrohimning dinidamiz» deb daʼvo qilar va baʼzi narsalarni butlarga atab, oʻzlaricha, harom sanar edilar. Kelgusi oyatda Alloh taolo ularning daʼvolari yolgʻon ekanini fosh etish uchun Ibrohim alayhissalomning haqiqatlarini eslatadi: