إِنَّ إِبْرَٰهِيمَ كَانَ أُمَّةً قَانِتًا لِّلَّهِ حَنِيفًا وَلَمْ يَكُ مِنَ ٱلْمُشْرِكِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, Ibrohim Allohning itoat qilguvchi, haqqa moyil ummati edi. Mushriklardan bo`lgan emas.Албатта, Иброҳим Аллоҳнинг итоат қилгувчи, ҳаққа мойил уммати эди. Мушриклардан бўлган эмас.Alauddin Mansour: Albatta, Ibrohim Allohga itoat qilguvchi, haq yoʻldan toyilmagan bir peshvo-imom edi. U mushriklardan emas edi.Албатта, Иброҳим Аллоҳга итоат қилгувчи, ҳақ йўлдан тойилмаган бир пешво-имом эди. У мушриклардан эмас эди.
Ushbu oyati karima Ibrohim alayhissalomni
«ummat» deb atamoqda. Bu oyatdagi «ummat» soʻziga «imom» hamda «millat» maʼnolari berilgan. Ikkinchi maʼnoga kelsak, Ibrohim alayhissalom bir oʻzlari butun boshli bir millat–ummatga teng kelgan, degan maʼnoni anglaymiz. Agar «ummat»dan «imom» maʼnosini olsak, «yoʻlboshchi»ni tushunamiz. Darhaqiqat, bir ummatni toʻgʻri yoʻlga boshlovchi imomga unga ergashganlarning ham ajrisavobi beriladi. Shuning uchun, ikki maʼno bir-birini toʻldirib keladi deb, har ikkisini ham olavergan maʼqul.
Ibrohim alayhissalomning yana bir sifatlari
«Allohga itoat qilguvchi», Unga boʻyinsunib, ibodat qiluvchi ekanlaridir.
Boshqa bir sifatlari
«haqqa moyil» ekanliklaridir. Yaʼni, haq dinga moyil boʻlganlar, notoʻgʻri yoʻllarga yurmaganlar.
Eng muhim sifatlari
«mushriklardan boʻlgan emas».
Shunday ekan, u kishini oʻz rahnamolari deb daʼvo qilayotgan arab mushriklarida Ibrohim alayhissalomning qaysi sifatlari bor? Birortasi ham yoʻq-ku! Shuningdek, ularda Ibrohim alayhissalomning keyingi oyatlarda keladigan sifatlari ham yoʻq: