QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nahl surasi · Oyatсураси · Оят122

وَءَاتَيْنَـٰهُ فِى ٱلدُّنْيَا حَسَنَةً ۖ وَإِنَّهُۥ فِى ٱلْـَٔاخِرَةِ لَمِنَ ٱلصَّـٰلِحِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Unga bu dunyoda yaxshi (hayot) berdik. Oxiratda esa, u, albatta, solihlardandir.Унга бу дунёда яхши (ҳаёт) бердик. Охиратда эса, у, албатта, солиҳлардандир.Alauddin Mansour: Biz unga bu dunyoda chiroyli (obroʻ-eʼtibor) ato etdik (zero, barcha dinlarning ahllari Ibrohim alayhissalomning nomlarini hurmat bilan tilga oladilar). Albatta, u Oxiratda ham solih — yaqinlarimizdandir.Биз унга бу дунёда чиройли (обрў-эътибор) ато этдик (зеро, барча динларнинг аҳллари Иброҳим алайҳиссаломнинг номларини ҳурмат билан тилга оладилар). Албатта, у Охиратда ҳам солиҳ — яқинларимиздандир.

281-sahifa · 14-juz · 28-hizb281-саҳифа · 14-жуз · 28-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَءَاتَيْنَـٰهُva unga berdikва унга бердикفِى-da-даٱلدُّنْيَاbu dunyodaбу дунёдаحَسَنَةًۭ ۖyaxshi (hayot)яхши (ҳаёт)وَإِنَّهُۥva albatta, uва албатта, уفِى-da-даٱلْـَٔاخِرَةِoxiratdaохиратдаلَمِنَalbatta, -dandirалбатта, -дандирٱلصَّـٰلِحِينَsolihlardandirсолиҳлардандир
TafsirТафсир

Iymoni va shukr qilgani tufayli, mazkur goʻzal sifatlarga ega boʻlgani tufayli, bu dunyoda u koʻplab yaxshiliklarga erishdi. Oxiratda esa, albatta, ahli solihlardan boʻladi. Demak, ikki dunyoning saodatiga erishishi muqarrar.

Yahudiylar va arab mushriklari oʻzlarining aloqadorliklari bilan faxrlanayotgan Ibrohim alayhissalom haqlaridagi gaplar mana shulardan iborat.