وَإِن تَعُدُّوا۟ نِعْمَةَ ٱللَّهِ لَا تُحْصُوهَآ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ لَغَفُورٌ رَّحِيمٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar Allohning ne'matlarini sanasangizlar, sanog`iga yeta olmassizlar. Albatta, Alloh o`ta mag`firatli va rahimli Zotdir.Агар Аллоҳнинг неъматларини санасангизлар, саноғига ета олмассизлар. Албатта, Аллоҳ ўта мағфиратли ва раҳимли Зотдир.Alauddin Mansour: Agar Allohning neʼmatlarini sanasangizlar, sanogʻiga yeta olmaysizlar. Albatta, Alloh magʻfiratli, mehribondir.Агар Аллоҳнинг неъматларини санасангизлар, саноғига ета олмайсизлар. Албатта, Аллоҳ мағфиратли, меҳрибондир.
Ha, Allohning bandalariga bergan neʼmatlari sonsiz-sanoqsizdir. Ularning baʼzilari yuqoridagi oyatlarda eslatib oʻtildi. Aslida esa, agar insonlar oʻzlariga berilgan neʼmatlarni hisoblashga urinsalar, sanab sanogʻiga yeta olmaydilar. Shunday son-sanoqsiz neʼmatning shukrini hech kim ado qila bilmaydi. Agar Alloh hamma neʼmatlari uchun toʻla-toʻkis shukrni talab etsa, bandalarga juda qiyin boʻlardi. Lekin:
«Albatta, Alloh oʻta magʻfiratli va rahimli Zotdir».
Shuning uchun ham, bunday talabni bandalariga yuklagani yoʻq. Balki, umumiy shukr aytish, Oʻziga iymon keltirib, Unga ibodat qilib yashashni amr etdi. Zotan, iymonlaridan ham, ibodatlaridan ham faqat bandalarning oʻzlarigagina foyda keladi. Mazkur neʼmatlarga shukr etmagan, ularni bergan Allohga iymon keltirmagan, Unga ibodat qilmagan baʼzi bandalar oʻzlariga oʻzlari yomonlik orttiradilar, xolos.