وَٱلَّذِينَ يَدْعُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ لَا يَخْلُقُونَ شَيْـًٔا وَهُمْ يُخْلَقُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ularning Allohdan o`zga ibodat qilayotganlari hech narsani yarata olmaslar. Holbuki, o`zlari yaratilurlar.Уларнинг Аллоҳдан ўзга ибодат қилаётганлари ҳеч нарсани ярата олмаслар. Ҳолбуки, ўзлари яратилурлар.Alauddin Mansour: (Mushriklarning) Allohni qoʻyib, iltijo qilayotgan butlari biron narsani yaratguvchi emasdir, balki oʻzlari yaralguvchidirlar.(Мушрикларнинг) Аллоҳни қўйиб, илтижо қилаётган бутлари бирон нарсани яратгувчи эмасдир, балки ўзлари яралгувчидирлар.
Yaʼni, mushriklar ibodat qilayotgan jonsiz ilohlar–Allohdan oʻzga ilohlar hech narsani yarata olmaydi. Jonsiz yogʻoch yoki toshdan yasalgan butu sanamlarda qanday qilib yaratuvchilik qobiliyati boʻlsin?!
«Holbuki, oʻzlari yaratilurlar.»
But va sanamlarni yasashga ishlatilgan tosh va yogʻochlarni ham, soxta xudolar oʻylab topuvchi odamlarni ham, hattoki, ilohlik daʼvosini qiluvchi firʼavnlarni ham–bularning hammasini Alloh taolo yaratgan. Bas, shunday boʻlgach, ular qanday iloh–xudo boʻlishlari mumkin? Qanday qilib odamlar ularga ibodat etadilar? Aslo mumkin emas! Ibodatga faqat ulugʻ yaratguvchi zot–Alloh taologina loyiqdir.
Makka mushriklari ibodat qilayotgan butu sanamlar: