QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nahl surasi · Oyatсураси · Оят21

أَمْوَٰتٌ غَيْرُ أَحْيَآءٍ ۖ وَمَا يَشْعُرُونَ أَيَّانَ يُبْعَثُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: O`liklardir, tirik emaslar va qachon qayta tiriltirilishlarini bilmaslar.Ўликлардир, тирик эмаслар ва қачон қайта тирилтирилишларини билмаслар.Alauddin Mansour: (Ular) jonsiz oʻliklardir. Va ular (oʻzlariga sigʻinayotgan mushriklarning) qachon qayta tirilishlarini ham seza olmaydilar.(Улар) жонсиз ўликлардир. Ва улар (ўзларига сиғинаётган мушрикларнинг) қачон қайта тирилишларини ҳам сеза олмайдилар.

269-sahifa · 14-juz · 27-hizb269-саҳифа · 14-жуз · 27-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
أَمْوَٰتٌoʻliklardirўликлардирغَيْرُemasэмасأَحْيَآءٍۢ ۖtirikтирикوَمَاva emasва эмасيَشْعُرُونَsezarlarсезарларأَيَّانَqachonқачонيُبْعَثُونَqayta tiriltirilishlariniқайта тирилтирилишларини
TafsirТафсир

Ularning jonlari yoʻq–oʻlikdir. Binobarin, ularga ibodat qilgan mushriklarning qachon qayta tiriltirilishlarini ham bilmaydilar. Yaratuvchi boʻlganlarida, ibodatga sazovor boʻlganlarida, bilar edilar. Chunki, qiyomat, qayta tirilish hayotning davomidir. Hayotning ana shu davomi qachon boʻlishini bilmagan narsa qanday qilib iloh boʻla olishi mumkin?

Yuqoridagi oyatlarda Allohning neʼmatlariga shukr etmay mushrik boʻlganlarning ishi notoʻgʻri ekanligi bayon qilindi. Endi keladigan oyatlarda Allohning yagonaligi va unga iymon keltirmaydigan kimsalarning buzuq qalblari haqida soʻz yuritiladi: