QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nahl surasi · Oyatсураси · Оят22

إِلَـٰهُكُمْ إِلَـٰهٌ وَٰحِدٌ ۚ فَٱلَّذِينَ لَا يُؤْمِنُونَ بِٱلْـَٔاخِرَةِ قُلُوبُهُم مُّنكِرَةٌ وَهُم مُّسْتَكْبِرُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ilohingiz yagona ilohdir. Oxiratga iymon keltirmaydiganlarning qalblari inkor qiluvchidir, o`zlari esa mutakabbirdirlar.Илоҳингиз ягона илоҳдир. Охиратга иймон келтирмайдиганларнинг қалблари инкор қилувчидир, ўзлари эса мутакаббирдирлар.Alauddin Mansour: Ilohingiz yagona Allohdir. Bas, Oxiratga iymon keltirmaydigan kimsalarning koʻngillari (Allohning yakka-yagona ekanligini) inkor qilur, (ularning) oʻzlari mutakabbir kimsalardir.Илоҳингиз ягона Аллоҳдир. Бас, Охиратга иймон келтирмайдиган кимсаларнинг кўнгиллари (Аллоҳнинг якка-ягона эканлигини) инкор қилур, (уларнинг) ўзлари мутакаббир кимсалардир.

269-sahifa · 14-juz · 27-hizb269-саҳифа · 14-жуз · 27-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِلَـٰهُكُمْilohingizилоҳингизإِلَـٰهٌۭilohdirилоҳдирوَٰحِدٌۭ ۚyagonaягонаفَٱلَّذِينَbas, oʻshalarkiбас, ўшаларкиلَاemasэмасيُؤْمِنُونَiymon keltiradilarиймон келтирадиларبِٱلْـَٔاخِرَةِoxiratgaохиратгаقُلُوبُهُمqalblariқалблариمُّنكِرَةٌۭinkor qiluvchidirинкор қилувчидирوَهُمva oʻzlariва ўзлариمُّسْتَكْبِرُونَmutakabbirdirlarмутакаббирдирлар
TafsirТафсир

«Iloh»ning lugʻatdagi maʼnosi, bandalarning ibodatiga sazovor zot, deganidir. Demak, oyatdagi birinchi jumla–

«Ilohingiz yagona ilohdir»,

ey odamlar, sizning ibodatingizga sazovor zot yagonadir, U Allohning Oʻzidir, degan maʼnoni ifodalaydi. Binobarin, Unga shirk keltirib, boshqalarni ham unga qoʻshib ibodat qilib boʻlmaydi.

«Oxiratga iymon keltirmaydiganlarning qalblari inkor qiluvchidir, oʻzlari esa mutakabbirdirlar.»

Oyatda Alloh va oxiratga boʻlgan iymon yonma-yon kelishi oxiratga ishonish naqadar ahamiyatli ekanini koʻrsatadi.

Bir toifa insonlarning iymonsiz, kofir boʻlishlariga ularning oʻzlari sababchidir. Illat, dard, fasod kofirlarning ichlarida boʻladi. Ularning qalblari iymonga dalolat qiluvchi oyat-belgilardan ibrat olmay, ularni inkor qiladi. Oʻzlari esa, Allohga boʻysunishni, Paygʻambarga ergashishni or biladilar, mutakabbirlik qilib oʻzlarini yuqori tutadilar.