QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nahl surasi · Oyatсураси · Оят24

وَإِذَا قِيلَ لَهُم مَّاذَآ أَنزَلَ رَبُّكُمْ ۙ قَالُوٓا۟ أَسَـٰطِيرُ ٱلْأَوَّلِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Qachonki, ularga: «Robbingiz nimani nozil qildi?» deyilsa, ular: «Avvalgilarning afsonalarini», derlar.Қачонки, уларга: «Роббингиз нимани нозил қилди?» дейилса, улар: «Аввалгиларнинг афсоналарини», дерлар.Alauddin Mansour: Qachon ularga: «Parvardigoringiz Muhammad alayhis-salotu vas-salomga) qanday narsa nozil qildi?», deyilsa, ular (masxara qilishib): «Avval oʻtganlarning afsonalarini», deydilar.Қачон уларга: «Парвардигорингиз Муҳаммад алайҳис-салоту вас-саломга) қандай нарса нозил қилди?», дейилса, улар (масхара қилишиб): «Аввал ўтганларнинг афсоналарини», дейдилар.

269-sahifa · 14-juz · 27-hizb269-саҳифа · 14-жуз · 27-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَإِذَاva qachonkiва қачонкиقِيلَdeyilsaдейилсаلَهُمulargaуларгаمَّاذَآnimaniниманиأَنزَلَnozil qildiнозил қилдиرَبُّكُمْ ۙRobbingizРоббингизقَالُوٓا۟derlarдерларأَسَـٰطِيرُafsonalariniафсоналариниٱلْأَوَّلِينَavvalgilarningаввалгиларнинг
TafsirТафсир

Ushbu oyati karima Makka mushriklarining Islomga, Muhammad sollallohu alayhi vasallamga va Qurʼoni Karimga qarshi olib borgan harakatlari sababli nozil boʻlgan.

Ibn Abu Hotim Suddiydan quyidagilarni rivoyat qiladi: «Qurayshliklar toʻplanib: «Muhammad–tili shirin odam. U oʻzi bilan gaplashgan odamning aqlini olib qoʻyadi. Oralaringizdan nasli-nasabi maʼlum kishilarni ajratib, har bir yoʻlga, Makkadan bir-ikki kunlik masofa uzoqlikka yuboringlar. Kim Muhammadni koʻrish uchun kelayotgan boʻlsa, qaytarib tursin», deyishdi. Har bir yoʻlga odamlar qoʻyildi. Qavmi nomidan hazrati Muhammad sollallohu alayhi vasallam huzurlariga vakil boʻlib, u zotning nima deyayotganlarini eshitish uchun kelayotgan odam haligilarning oldiga yetib kelganida, ulardan biri: men falonchi-pistonchining oʻgʻliman, deb oʻz naslu nasabini aytar, soʻngra: «Men senga Muhammad haqida xabar beraman. U kazzob odamdir. Unga bizdan faqat esi pastlar, qulbachchalar va yaxshilik kutib boʻlmaydiganlar ergashadi, xolos. Ammo uning qavmining shayxlari va yaxshilari uni tark qildilar», der edi. Alloh taoloning: «Qachonki, ularga: «Robbingiz nimani nozil qildi?» deyilsa, ular: «Avvalgilarning afsonalarini», derlar», degan soʻzi ana shu munosabat iladir».

Boshqa rivoyatlarda, odamlarning savollariga mushriklar javob tariyqasida shu jumlalarni aytganlari keltirilgan.

Koʻrinib turibdiki, mushriklar Islomga, Paygʻambarga va Qurʼonga qarshi qattiq tashviqot ishlari olib borganlar. Ular savolga toʻgʻri javob berish, Allohdan nozil boʻlgan Qurʼondan oʻqib eshittirish, u bilan odamlarni tanishtirish oʻrniga, Qurʼonni:

«Avvalgilarning afsonalaridir», deb oʻzlari toʻqib qoʻygan afsonani aytishgan. Chunki, mushriklar odamlar Qurʼon bilan tanishsalar, unga soʻzsiz iymon keltirishlarini yaxshi bilardilar. Shuning uchun, ular Qurʼonga biron kishi yaqin kelmasligi uchun barcha choralarni koʻrdilar. Kishilarga Qurʼon haqida oʻzlari toʻqib chiqargan yolgʻonlarni yetkazdilar.

Bu ishni qadimda Makka mushriklarigina qilgan emas. Balki barcha zamonlardagi Qurʼon dushmani boʻlmish kofirlar ham shunday ish bilan shugʻullanadilar. Ular bor Qurʼon kitoblarini yoqib, oqizib, koʻmib tashlaydilar. Yangisini chop etishni taʼqiqlaydilar. Qurʼon oʻqitishni «jinoyat» deb eʼlon qiladilar. Kim odamlarga Qurʼon oʻrgatsa, oʻldiradilar, surgun qiladilar yoki qamaydilar. Ayni choqda, Qurʼon haqida oʻzlari toʻqib qoʻygan yolgʻon-afsonalarni aytib yuradilar. Qurʼon dushmanlarining bu ishlari: