QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nahl surasi · Oyatсураси · Оят25

لِيَحْمِلُوٓا۟ أَوْزَارَهُمْ كَامِلَةً يَوْمَ ٱلْقِيَـٰمَةِ ۙ وَمِنْ أَوْزَارِ ٱلَّذِينَ يُضِلُّونَهُم بِغَيْرِ عِلْمٍ ۗ أَلَا سَآءَ مَا يَزِرُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Qiyomat kuni o`z gunohlarini to`laligicha va jaholat ila yo`ldan adashtirganlarining gunohlaridan ko`tarishlari uchundir. Ogoh bo`ling! Ular ko`targan narsa qandoq ham yomon!Қиёмат куни ўз гуноҳларини тўлалигича ва жаҳолат ила йўлдан адаштирганларининг гуноҳларидан кўтаришлари учундир. Огоҳ бўлинг! Улар кўтарган нарса қандоқ ҳам ёмон!Alauddin Mansour: Ular (bu yolgʻon soʻzlarni, boshqa odamlarni yoʻldan ozdirish uchun va oqibatda) Qiyomat Kunida, oʻzlarining barcha gunohlariga hamda oʻzlari jaholat bilan yoʻldan ozdirgan kimsalarning gunohlaridan ham (bir qismiga) javobgar boʻlish uchun (aytgandirlar). Ogoh boʻlingiz, ular juda yomon yukni (yaʼni, gunohlarni) orqalab olibdilar.Улар (бу ёлғон сўзларни, бошқа одамларни йўлдан оздириш учун ва оқибатда) Қиёмат Кунида, ўзларининг барча гуноҳларига ҳамда ўзлари жаҳолат билан йўлдан оздирган кимсаларнинг гуноҳларидан ҳам (бир қисмига) жавобгар бўлиш учун (айтгандирлар). Огоҳ бўлингиз, улар жуда ёмон юкни (яъни, гуноҳларни) орқалаб олибдилар.

269-sahifa · 14-juz · 27-hizb269-саҳифа · 14-жуз · 27-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
لِيَحْمِلُوٓا۟koʻtarishlari uchunкўтаришлари учунأَوْزَارَهُمْoʻz gunohlariniўз гуноҳлариниكَامِلَةًۭtoʻlaligichaтўлалигичаيَوْمَkuniкуниٱلْقِيَـٰمَةِ ۙqiyomatқиёматوَمِنْva -danва -данأَوْزَارِgunohlariгуноҳлариٱلَّذِينَkishilarningкишиларнингيُضِلُّونَهُمularni yoʻldan adashtirganуларни йўлдан адаштирганبِغَيْرِ-siz-сизعِلْمٍ ۗilm (jaholat ila)илм (жаҳолат ила)أَلَاogoh boʻlingогоҳ бўлингسَآءَqandoq ham yomonқандоқ ҳам ёмонمَاnarsaнарсаيَزِرُونَular koʻtarganулар кўтарган
TafsirТафсир

Mazkur kofirlar kufrlari, Qurʼonga iymon keltirmay yurganlari va odamlarni Qurʼondan toʻsganlari uchun yetarli jazo oladilar.

«Qiyomat kuni oʻz gunohlarini toʻlaligicha va jaholat ila yoʻldan adashtirganlarining gunohlaridan koʻtarishlari uchundir.»

Ha, Qiyomat kunida ular oʻz gunohlarini toʻlaligicha koʻtaradilar, yaʼni, shunga yarasha jazoga yoʻliqtiriladilar. Bunga qoʻshimcha ravishda, oʻzlari jaholat ila Qurʼonga qarshi tashviqot olib borib yoʻldan adashtirgan kishilarning gunohlaridan baʼzisini ham koʻtaradilar. Unga yarasha qoʻshimcha jazo ham oladilar. Oʻz gunohlariga boshqalarning gunohlarini ham qoʻshib koʻtaradilar.

«Ogoh boʻling! Ular koʻtargan narsa qandoq ham yomon!»

Ular koʻtargan narsa–Qurʼonga iymon keltirmaslik gunohi yuki. Ular yelkasidagi narsa–Qurʼonni «avvalgilarning afsonasi» deb vasf qilishdek katta gunohning yuki. Ular koʻtargan narsa– odamlarni Qurʼondan toʻsib, yoʻldan adashtirishdek ulkan jinoyatning yuki. Bundan ham yomon yuk boʻlurmi?!

Ammo, haqni, Qurʼonni mutakabbirlik bilan inkor etayotgan kofirlarning makri birinchi marta boʻlayotgani yoʻq.