QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nahl surasi · Oyatсураси · Оят26

قَدْ مَكَرَ ٱلَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ فَأَتَى ٱللَّهُ بُنْيَـٰنَهُم مِّنَ ٱلْقَوَاعِدِ فَخَرَّ عَلَيْهِمُ ٱلسَّقْفُ مِن فَوْقِهِمْ وَأَتَىٰهُمُ ٱلْعَذَابُ مِنْ حَيْثُ لَا يَشْعُرُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Batahqiq, ulardan oldingilar ham makr qilganlar. Bas, Alloh binolarini poydevoridan yiqitdi. Shift ularning ustiga qulab tushdi. Va ularga o`zlari sezmagan tomondan azob keldi.Батаҳқиқ, улардан олдингилар ҳам макр қилганлар. Бас, Аллоҳ биноларини пойдеворидан йиқитди. Шифт уларнинг устига қулаб тушди. Ва уларга ўзлари сезмаган томондан азоб келди.Alauddin Mansour: Ulardan avvalgi (kofir) kimsalar ham (oʻz paygʻambarlariga mana shunga oʻxshash) makr-hiylalar qilgan edilar. Shunda Alloh ular (qurgan makr-hiyla) binolarini tag-tugi bilan yemirib tashladi, bas, ular (toʻqib olgan yolgʻon bino — tuzumlari)ning tomi oʻzlarining ustiga quladi va ularga oʻzlari sezmagan — kutmagan tarafdan azob-halokat keldi.Улардан аввалги (кофир) кимсалар ҳам (ўз пайғамбарларига мана шунга ўхшаш) макр-ҳийлалар қилган эдилар. Шунда Аллоҳ улар (қурган макр-ҳийла) биноларини таг-туги билан емириб ташлади, бас, улар (тўқиб олган ёлғон бино — тузумлари)нинг томи ўзларининг устига қулади ва уларга ўзлари сезмаган — кутмаган тарафдан азоб-ҳалокат келди.

269-sahifa · 14-juz · 27-hizb269-саҳифа · 14-жуз · 27-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قَدْbatahqiqбатаҳқиқمَكَرَmakr qilganlarмакр қилганларٱلَّذِينَoʻshalarўшаларمِن-dan-данقَبْلِهِمْulardan oldinулардан олдинفَأَتَىbas, keldiбас, келдиٱللَّهُAllohАллоҳبُنْيَـٰنَهُمbinolarigaбиноларигаمِّنَ-dan-данٱلْقَوَاعِدِpoydevorпойдеворفَخَرَّbas, qulab tushdiбас, қулаб тушдиعَلَيْهِمُularning ustigaуларнинг устигаٱلسَّقْفُshiftшифтمِن-dan-данفَوْقِهِمْularning tepasiуларнинг тепасиوَأَتَىٰهُمُva ularga keldiва уларга келдиٱلْعَذَابُazobазобمِنْ-dan-данحَيْثُtomonтомонلَاemasэмасيَشْعُرُونَular sezarlarулар сезарлар
TafsirТафсир

Allohga, Uning diniga va Paygʻambarlariga qarshi bulardan oldin ham makr qilganlar koʻp boʻlgan. Ular, oʻzlaricha, makr-hiyla yoʻli bilan dinu diyonatni, iymonu Islomni yoʻq qilamiz, uning tarqalishiga yoʻl qoʻymaymiz, deb oʻylashgan. Ammo, ish tamoman boshqacha boʻlib chiqqan.

«Alloh binolarini poydevoridan yiqitdi.»

Alloh ular qurgan binoni, tuzumni, mafkurani poydevoridan qulatdi. Yaʼni, binolari tag-tubi bilan buzildi. Undan hech narsa qolmadi. Allohning taʼlimotiga qarshi qurilgan bino shunday yiqiladi. Allohning kalomiga zid qurilgan bino shunday qulaydi. Yiqilganda ham:

«Shift ularning ustiga qulab tushdi».

Oʻzlari qurgan binoning shifti oʻzlarini bosib qoldi.

«Va ularga oʻzlari sezmagan tomondan azob keldi.»

Ular Islomdan, iymondan qoʻrqib turishgan edi. Ammo azob ular kutmagan tomondan keldi. Oʻzlarining tomlari oʻzlarini bosib qoldi. Bu narsa ularning qilmishlariga bu dunyoda berilgan jazodir.