QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nahl surasi · Oyatсураси · Оят27

ثُمَّ يَوْمَ ٱلْقِيَـٰمَةِ يُخْزِيهِمْ وَيَقُولُ أَيْنَ شُرَكَآءِىَ ٱلَّذِينَ كُنتُمْ تُشَـٰٓقُّونَ فِيهِمْ ۚ قَالَ ٱلَّذِينَ أُوتُوا۟ ٱلْعِلْمَ إِنَّ ٱلْخِزْىَ ٱلْيَوْمَ وَٱلسُّوٓءَ عَلَى ٱلْكَـٰفِرِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: So`ngra qiyomat kunida U zot ularni xor qilur va: «Sizlar ular haqida tortishib yurgan Mening «sheriklarim» qani?» der. Ilm berilganlar: «Bugungi kunda xorlik va yomonlik kofirlargadir», derlar.Сўнгра қиёмат кунида У зот уларни хор қилур ва: «Сизлар улар ҳақида тортишиб юрган Менинг «шерикларим» қани?» дер. Илм берилганлар: «Бугунги кунда хорлик ва ёмонлик кофирларгадир», дерлар.Alauddin Mansour: Keyin — Qiyomat Kunida (Alloh) ularni yana rasvo qilur va aytur: «Mening «sherik»larim qayerda qolishdi?! (Axir) sizlar (Mening paygʻambarlarim bilan oʻshalar toʻgʻrisida) talashib-tortishar edinglar-ku?!» (Shunda) ilm berilgan zotlar (yaʼni, paygʻambarlar va ulamolar) derlar: «Darhaqiqat, bugun butun rasvolik va azob-uqubat qofirlar ustiga tushar».Кейин — Қиёмат Кунида (Аллоҳ) уларни яна расво қилур ва айтур: «Менинг «шерик»ларим қаерда қолишди?! (Ахир) сизлар (Менинг пайғамбарларим билан ўшалар тўғрисида) талашиб-тортишар эдинглар-ку?!» (Шунда) илм берилган зотлар (яъни, пайғамбарлар ва уламолар) дерлар: «Дарҳақиқат, бугун бутун расволик ва азоб-уқубат қофирлар устига тушар».

270-sahifa · 14-juz · 27-hizb270-саҳифа · 14-жуз · 27-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ثُمَّsoʻngraсўнграيَوْمَkuniкуниٱلْقِيَـٰمَةِqiyomatқиёматيُخْزِيهِمْularni xor qiladirуларни хор қиладирوَيَقُولُva derва дерأَيْنَqaniқаниشُرَكَآءِىَMening «sheriklarim»Менинг «шерикларим»ٱلَّذِينَoʻshalarkiўшаларкиكُنتُمْsiz edingizсиз эдингизتُشَـٰٓقُّونَtortishib yurganтортишиб юрганفِيهِمْ ۚular haqidaулар ҳақидаقَالَderlarдерларٱلَّذِينَoʻshalarўшаларأُوتُوا۟berilganберилганٱلْعِلْمَilmилмإِنَّalbattaалбаттаٱلْخِزْىَxorlikхорликٱلْيَوْمَbugungi kundaбугунги кундаوَٱلسُّوٓءَva yomonlikва ёмонликعَلَى-gadir-гадирٱلْكَـٰفِرِينَkofirlarкофирлар
TafsirТафсир

Ha, kofir, mushrik, din dushmanlariga faqat bu dunyodagina azob berilmaydi, balki ularning ustiga tushadigan asosiy azob u dunyoda boʻladi.

«...qiyomat kunida U zot ularni xor qilur.»

Qay tariyqa xor qilishni Oʻzi biladi. Shuning uchun ham, bu oyatda xor qilish usulini aytmadi. Alloh, mushriklarning qiyomatdagi xorligini yana ham ziyoda etish uchun, koʻpchilikning oldida ularga savol berib:

«Sizlar ular haqida tortishib yurgan Mening «sheriklarim» qani?» der».

Mening qandaydir «sheriklarim» borligi haqida u dunyoda Paygʻambar va moʻminlar bilan tortishib yurar edingizlar, oʻshalar qani, deydi. Tabiiyki, mushriklar xor boʻlib, hamma narsani aniq koʻrganlaridan soʻng, tillarini tishlab, jimib qoladilar. Ana shunda Allohning izni ila Alloh tomonidan ilm berilgan zotlar soʻzlay boshlaydilar:

«Ilm berilganlar: «Bugungi kunda xorlik va yomonlik kofirlargadir», derlar».

Oʻsha kofirlar shunday vasfga egaki: