QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nahl surasi · Oyatсураси · Оят28

ٱلَّذِينَ تَتَوَفَّىٰهُمُ ٱلْمَلَـٰٓئِكَةُ ظَالِمِىٓ أَنفُسِهِمْ ۖ فَأَلْقَوُا۟ ٱلسَّلَمَ مَا كُنَّا نَعْمَلُ مِن سُوٓءٍۭ ۚ بَلَىٰٓ إِنَّ ٱللَّهَ عَلِيمٌۢ بِمَا كُنتُمْ تَعْمَلُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Farishtalar ularning jonlarini o`zlariga zulm qilgan hollarida olgandir. Ular, hech bir yomonlik qilmagan edik, deya taslim bo`lurlar. Yo`q! Albatta, Alloh nima amal qilib yurganingizni bilguvchi Zotdir.Фаришталар уларнинг жонларини ўзларига зулм қилган ҳолларида олгандир. Улар, ҳеч бир ёмонлик қилмаган эдик, дея таслим бўлурлар. Йўқ! Албатта, Аллоҳ нима амал қилиб юрганингизни билгувчи Зотдир.Alauddin Mansour: Ular (kufr yoʻlini tanlashlari sababli) oʻz jonlariga jabr qilgan hollarida (oʻlim) farishtalari ularning jonlarini olurlar. Shunda ular (taqdirga) tan berishib — (boʻyinlarini qisishib): «Bizlar biron yomonlik — gunoh qilgan emasmiz», (derlar). Yoʻq! Shak-shubhasiz, Alloh qilgan amallaringizni bilguvchidir.Улар (куфр йўлини танлашлари сабабли) ўз жонларига жабр қилган ҳолларида (ўлим) фаришталари уларнинг жонларини олурлар. Шунда улар (тақдирга) тан беришиб — (бўйинларини қисишиб): «Бизлар бирон ёмонлик — гуноҳ қилган эмасмиз», (дерлар). Йўқ! Шак-шубҳасиз, Аллоҳ қилган амалларингизни билгувчидир.

270-sahifa · 14-juz · 27-hizb270-саҳифа · 14-жуз · 27-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ٱلَّذِينَshunday kimsalarkiшундай кимсаларкиتَتَوَفَّىٰهُمُjonlarini oladiжонларини оладиٱلْمَلَـٰٓئِكَةُfarishtalarфаришталарظَالِمِىٓzulm qilgan hollaridaзулм қилган ҳолларидаأَنفُسِهِمْ ۖoʻzlarigaўзларигаفَأَلْقَوُا۟bas, taslim boʻlurlarбас, таслим бўлурларٱلسَّلَمَitoatniитоатниمَاemasэмасكُنَّاbiz edikбиз эдикنَعْمَلُqilarқиларمِنhech birҳеч бирسُوٓءٍۭ ۚyomonlikёмонликبَلَىٰٓyoʻq!йўқ!إِنَّalbattaалбаттаٱللَّهَAllohАллоҳعَلِيمٌۢbilguvchi zotdirбилгувчи зотдирبِمَاnimaniниманиكُنتُمْsiz edingizсиз эдингизتَعْمَلُونَamal qilib yurganамал қилиб юрган
TafsirТафсир

Ushbu oyati karimada zikri kelayotganlar tavba qilmasdan kofir va mushrik hollarida oʻlgan odamlardir.

«Farishtalar ularning jonlarini oʻzlariga zulm qilgan hollarida olgandir.»

Oʻlim farishtalari ularning jonini olganlarida, ular oʻzlariga zulm qilib, kofir va mushrik hollarida turgan edilar. Ular bu dunyoda mutakabbirlik bilan oʻtgan boʻlsalar ham, oʻlim kelganda taslim boʻlurlar:

«Ular, hech bir yomonlik qilmagan edik, deya taslim boʻlurlar».

Ha, oʻlimga taslim boʻlmasdan iloj yoʻq. Ammo mazkur kofirlar oʻlayotib ham yolgʻon gapiradilar. Umrlarini faqat yomonlik bilan oʻtkazgan boʻlishlariga qaramay, oʻlayotib: «hech bir yomonlik qilmagan edik», deydilar. Bu gap qoʻlga tushib xor boʻlgan jinoyatchining gapiga oʻxshaydi. Ularning bu daʼvolariga:

«Yoʻq! Albatta, Alloh nima amal qilib yurganingizni bilguvchi Zotdir», degan javob boʻladi.

Yoʻq! «Hech bir yomonlik qilmagan edik», degan gapingiz yolgʻon! Juda koʻp yomonliklarni qilgansiz. Barcha amalingizni Alloh yaxshi biladi. Endi oʻshanga mos jazoingizni beradi.