فَٱدْخُلُوٓا۟ أَبْوَٰبَ جَهَنَّمَ خَـٰلِدِينَ فِيهَا ۖ فَلَبِئْسَ مَثْوَى ٱلْمُتَكَبِّرِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, jahannam eshiklaridan, unda abadiy qolguvchi bo`lgan holingizda kiring! Bas, mutakabbirlarning qaytar joyi qandoq ham yomon!Бас, жаҳаннам эшикларидан, унда абадий қолгувчи бўлган ҳолингизда киринг! Бас, мутакаббирларнинг қайтар жойи қандоқ ҳам ёмон!Alauddin Mansour: Endi oʻzlaringiz mangu qoladigan jahannam darvozalaridan kiringiz! Mutakabbir kimsalarning borar joylari naqadar yomon!Энди ўзларингиз мангу қоладиган жаҳаннам дарвозаларидан кирингиз! Мутакаббир кимсаларнинг борар жойлари нақадар ёмон!
Bu dunyoda mutakabbirlik bilan dinni inkor qilganingiz, odamlarni din yoʻlidan qaytarib, adashtirganingiz uchun jahannam eshiklaridan kiring. Kirganda ham, unda abadul-abad qoladigan boʻlib kiring. Mutakabbirlarning jazosi shu boʻladi.
Ammo, ayni paytda, qarama-qarshi tomonda umuman boshqacha manzara koʻrinadi, oʻzgacha hayot hukm suradi. Bu, taqvodor moʻmin-musulmonlar tomoni boʻlib, ularga nisbatan munosabat-muomala ham, aytilayotgan soʻzlar ham tamoman boshqachadir.