۞ وَقِيلَ لِلَّذِينَ ٱتَّقَوْا۟ مَاذَآ أَنزَلَ رَبُّكُمْ ۚ قَالُوا۟ خَيْرًا ۗ لِّلَّذِينَ أَحْسَنُوا۟ فِى هَـٰذِهِ ٱلدُّنْيَا حَسَنَةٌ ۚ وَلَدَارُ ٱلْـَٔاخِرَةِ خَيْرٌ ۚ وَلَنِعْمَ دَارُ ٱلْمُتَّقِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va taqvo qilganlarga: «Robbingiz nimani nozil qildi?», deyildi. Ular: «Yaxshilikni», dedilar. Chiroyli amallar qilganlar uchun bu dunyoda chiroyli (mukofot) bordir. Albatta, oxirat diyori yaxshiroqdir. Robbilarining diyori naqadar yaxshi.Ва тақво қилганларга: «Роббингиз нимани нозил қилди?», дейилди. Улар: «Яхшиликни», дедилар. Чиройли амаллар қилганлар учун бу дунёда чиройли (мукофот) бордир. Албатта, охират диёри яхшироқдир. Роббиларининг диёри нақадар яхши.Alauddin Mansour: Taqvodor boʻlgan zotlarga: «Parvardigoringiz (Oʻz paygʻambariga) qanday narsani nozil qildi?», deyilganida, ular: «Yaxshilikni», derlar. Chiroyli amal qilgan zotlar uchun bu dunyoda ham chiroyli mukofotlar boʻlur. Lekin shak-shubha yoʻqki, Oxirat diyori yanada yaxshiroqdir. Taqvodor zotlarning turar joylari naqadar yaxshi!Тақводор бўлган зотларга: «Парвардигорингиз (Ўз пайғамбарига) қандай нарсани нозил қилди?», дейилганида, улар: «Яхшиликни», дерлар. Чиройли амал қилган зотлар учун бу дунёда ҳам чиройли мукофотлар бўлур. Лекин шак-шубҳа йўқки, Охират диёри янада яхшироқдир. Тақводор зотларнинг турар жойлари нақадар яхши!
Mushriklarga «Robbingiz nimani nozil qildi?» deyilganida, «Avvalgilarning afsonalarini», deyishgan edi. Chunki, ular dinga, Qurʼonga «oʻtgan avlodlarning afsonasi», «eskilik sarqiti», deb qaradilar. Shuning uchun, yomon oqibatga uchradilar. Oʻsha mushrik va kofirlardan farqli oʻlaroq taqvodorlar yaxshi oqibatga erishdilar.
«Va taqvo qilganlarga: «Robbingiz nimani nozil qildi?» deyildi. Ular: «Yaxshilikni», dedilar.»
Ha, Alloh bandalariga nozil qilgan Qurʼon avvalgilarning afsonalari emas, balki mutloq yaxshilikdir. Oʻsha toʻliq va ikki dunyoga yetadigan yaxshilikda, yaʼni, Robbilari tushirgan yaxshilikda:
«Chiroyli amallar qilganlar uchun bu dunyoda chiroyli (mukofot) bordir», deyilgan.
Ha, Robbilari nozil qilgan yaxshilikka iymon keltirganlar amaliga yarasha yaxshilikka erishadilar. Agar chiroyli amallarni qilsalar, avvalo, bu dunyoning oʻzida chiroyli natijalarni qoʻlga kiritadilar. Chiroyli hayot kechirib, huzur-halovatlarda umr oʻtkazadilar. Shuningdek, yuksak martabalarga ega boʻladilar. Ammo chiroyli amallarning mukofoti bu bilan tugab qolmaydi. Ularning haqiqiy mukofoti oxiratda boʻladi.
«Albatta, oxirat diyori yaxshiroqdir.»
Chunki, bu dunyo qancha yaxshi boʻlsa ham, bir kuni tugaydi. Oʻzining oliymaqom yaxshiliklariga ega boʻlgan oxirat esa abadiydir. U hech qachon tugamaydi.
«Robbilarining diyori naqadar yaxshi.»
«Naqadar yaxshi» diyorning vasfi keyingi oyatda keladi: