جَنَّـٰتُ عَدْنٍ يَدْخُلُونَهَا تَجْرِى مِن تَحْتِهَا ٱلْأَنْهَـٰرُ ۖ لَهُمْ فِيهَا مَا يَشَآءُونَ ۚ كَذَٰلِكَ يَجْزِى ٱللَّهُ ٱلْمُتَّقِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U adn jannatlaridir. Ularga kirganlarida ostilardan anhorlar oqib turar, ular uchun u yerda istagan narsalari bor. Alloh taqvodorlarni ana shunday mukofotlar.У адн жаннатларидир. Уларга кирганларида остилардан анҳорлар оқиб турар, улар учун у ерда истаган нарсалари бор. Аллоҳ тақводорларни ана шундай мукофотлар.Alauddin Mansour: Ular ostidan daryolar oqib turadigan mangu jannatlarga kirurlar. Ular uchun u joyda xohlagan narsalari boʻlur. Alloh taqvodor zotlarni mana shunday mukofotlar.Улар остидан дарёлар оқиб турадиган мангу жаннатларга кирурлар. Улар учун у жойда хоҳлаган нарсалари бўлур. Аллоҳ тақводор зотларни мана шундай мукофотлар.
Avval kelgan baʼzi oyatlar tafsirida aytib oʻtganimizdek, «adn» soʻzi «iqomat» (muqim turish) maʼnosini anglatib, jannatning sifatiga oʻxshab qolgan soʻzdir. «U Adn jannatlaridir», deyilganda, muqim turiladigan jannat tushuniladi. Taqvodorlarning oxiratdagi diyorlari oʻsha adn jannat bogʻlari boʻladi. Ular: «Ularga kirganlarida ostilaridan anhorlar oqib turar». Bu uning rohat-farogʻat joyi ekanligiga ishoradir. «...ular uchun u yerda istagan narsalari bor.» Taqvodorlar jannatda nimani istasalar, muhayyo boʻladi. «Alloh taqvodorlarni ana shunday mukofotlar.» Bundan oldin, mushrik va kofirlardan farqli oʻlaroq, ularning oʻlimlari ham oson kechgan edi.