ٱلَّذِينَ تَتَوَفَّىٰهُمُ ٱلْمَلَـٰٓئِكَةُ طَيِّبِينَ ۙ يَقُولُونَ سَلَـٰمٌ عَلَيْكُمُ ٱدْخُلُوا۟ ٱلْجَنَّةَ بِمَا كُنتُمْ تَعْمَلُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Farishtalar ularning jonlarini pok hollarida ola turib: «Sizlarga salom bo`lsin. Qilib yurgan ishlaringiz tufayli jannatga kiring», derlar.Фаришталар уларнинг жонларини пок ҳолларида ола туриб: «Сизларга салом бўлсин. Қилиб юрган ишларингиз туфайли жаннатга киринг», дерлар.Alauddin Mansour: Ular (shirk va isyondan) pok boʻlgan hollarida, farishtalar ularning jonlarini olar ekanlar: «Sizlarga tinchlik-omonlik boʻlgay. (Endi) qilib oʻtgan amallaringiz sababli jannatga kiringiz», derlar.Улар (ширк ва исёндан) пок бўлган ҳолларида, фаришталар уларнинг жонларини олар эканлар: «Сизларга тинчлик-омонлик бўлгай. (Энди) қилиб ўтган амалларингиз сабабли жаннатга кирингиз», дерлар.
Ha, oʻlim farishtalari ham taqvodorlar bilan goʻzal muomalada boʻladilar. Ularning jonlarini olishda muloyimlik bilan, pok hollarida, salom berib turib, jannatga kirishlarini aytib bashorat beradilar.
Ushbu oʻlim va undan keyingi turlicha muomala hamda turar joylarini eslatuvchi oyatlardan soʻng Quraysh mushriklarining holidan soʻroq keladi: