QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nahl surasi · Oyatсураси · Оят34

فَأَصَابَهُمْ سَيِّـَٔاتُ مَا عَمِلُوا۟ وَحَاقَ بِهِم مَّا كَانُوا۟ بِهِۦ يَسْتَهْزِءُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, qilgan yomon amallari o`zlariga yetdi va istehzo qilgan narsalari o`zlarini o`radi.Бас, қилган ёмон амаллари ўзларига етди ва истеҳзо қилган нарсалари ўзларини ўради.Alauddin Mansour: Bas, qilgan yomonliklari (ularning) oʻzlariga yetdi va kulib-masxara qilgan narsalari oʻzlarini tutdi.Бас, қилган ёмонликлари (уларнинг) ўзларига етди ва кулиб-масхара қилган нарсалари ўзларини тутди.

270-sahifa · 14-juz · 27-hizb270-саҳифа · 14-жуз · 27-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَأَصَابَهُمْbas, ularga yetdiбас, уларга етдиسَيِّـَٔاتُyomon (oqibat)lariёмон (оқибат)лариمَاnarsaningнарсанингعَمِلُوا۟ular qilganулар қилганوَحَاقَva oʻradiва ўрадиبِهِمularniуларниمَّاnarsaнарсаكَانُوا۟ular edilarулар эдиларبِهِۦuniуниيَسْتَهْزِءُونَistehzo qilarистеҳзо қилар
TafsirТафсир

Yaʼni, ularga yomonlik tashqaridan kelgani yoʻq. Oʻzlari oʻzlarining boshlariga yetdilar.

«Bas, qilgan yomon amallari oʻzlariga yetdi...»

Yaʼni, ular faqatgina oʻzlari qilgan yomon amallariga yarasha jazo oldilar, xolos.

«...va istehzo qilgan narsalari oʻzlarini oʻradi.»

Ular: «Agar Paygʻambar aytayotganidek, Alloh osiylarni azoblaydigan boʻlsa, nima uchun biz iymon keltirmasak ham azoblamayapti?!» der edilar. Bu bilan «Allohning azobi keladi» degan gapni istehzo qilar edilar. Endi esa, ularni oʻsha, oʻzlari istehzo qilgan azob oʻrab oldi.