وَلَقَدْ بَعَثْنَا فِى كُلِّ أُمَّةٍ رَّسُولًا أَنِ ٱعْبُدُوا۟ ٱللَّهَ وَٱجْتَنِبُوا۟ ٱلطَّـٰغُوتَ ۖ فَمِنْهُم مَّنْ هَدَى ٱللَّهُ وَمِنْهُم مَّنْ حَقَّتْ عَلَيْهِ ٱلضَّلَـٰلَةُ ۚ فَسِيرُوا۟ فِى ٱلْأَرْضِ فَٱنظُرُوا۟ كَيْفَ كَانَ عَـٰقِبَةُ ٱلْمُكَذِّبِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Batahqiq, Biz har bir ummatga: «Allohga ibodat qiling va tog`utdan chetlaning», deb Payg`ambar yuborganmiz. Bas, ulardan ba'zilarini Alloh hidoyat qildi. Ba'zilariga esa, zalolat haq bo`ldi. Bas, yer yuzida sayr qilib yurib, yolg`onga chaqiruvchilarning oqibati qanday bo`lganiga nazar soling.Батаҳқиқ, Биз ҳар бир умматга: «Аллоҳга ибодат қилинг ва тоғутдан четланинг», деб Пайғамбар юборганмиз. Бас, улардан баъзиларини Аллоҳ ҳидоят қилди. Баъзиларига эса, залолат ҳақ бўлди. Бас, ер юзида сайр қилиб юриб, ёлғонга чақирувчиларнинг оқибати қандай бўлганига назар солинг.Alauddin Mansour: Aniqki, Biz har bir ummatga: «Allohga ibodat qilinglar va shaytondan yiroq boʻlinglar», (degan vahiy bilan) bir paygʻambar yuborganmiz. Shunda ular (oʻsha ummatlar) orasida Alloh hidoyat qilgan zotlar ham shuningdek, cheklariga yoʻldan ozishlik tushgan kimsalar ham boʻlgan. Bas, Yer yuzida sayru sayohat qilib, (oʻz paygʻambarlarini) yolgʻonchi qilgan kimsalarning oqibatlari qanday boʻlganini koʻringlar.Аниқки, Биз ҳар бир умматга: «Аллоҳга ибодат қилинглар ва шайтондан йироқ бўлинглар», (деган ваҳий билан) бир пайғамбар юборганмиз. Шунда улар (ўша умматлар) орасида Аллоҳ ҳидоят қилган зотлар ҳам шунингдек, чекларига йўлдан озишлик тушган кимсалар ҳам бўлган. Бас, Ер юзида сайру саёҳат қилиб, (ўз пайғамбарларини) ёлғончи қилган кимсаларнинг оқибатлари қандай бўлганини кўринглар.
Odamlarni yaratib, ularga aql-idrok ato etib, rizq-roʻz berib qoʻydik. Shu bilan birga, har bir ummatga Paygʻambar ham yubordik. Har bir Paygʻambarning oʻz ummatiga aytadigan gapi:
«Allohga ibodat qiling va togʻutdan chetlaning» deyishdan iborat boʻldi.
Yaʼni, bu dunyoda faqat Allohning koʻrsatmasi ila yashang, Uning aytganini qiling, qaytarganidan qayting, faqat Ungagina sigʻining. Shu bilan birga, togʻutdan chetlaning. Unga ibodat qilmang. «Togʻut» soʻzi arab tilida Allohdan boshqa ibodat qilingan narsani ifoda etadi. U shayton, folbin, butu sanam, turli tuzumlar yoki shaxslar, tabiatdagi maxluqotlar yoki hayvonlar boʻlishi mumkin. Demak, Allohdan oʻzganing aytganini qilib yashash, oʻshaning taʼlimotlariga amal qilish, unga sigʻinish togʻutga ibodat qilish boʻladi. Alloh taolo esa, bandalari faqat Oʻziga ibodat qilib, togʻutdan chetlanishini istaydi. Ushbu xohish-irodani U zot odamlarga Paygʻambarlari orqali yetkazdi. Ammo odamlar oʻzlarini turlicha tutdilar.
«Bas, ulardan baʼzilarini Alloh hidoyat qildi. Baʼzilariga esa, zalolat haq boʻldi.»
Hidoyat yoʻlini ixtiyor qilib, unga intilganlarni Alloh taolo hidoyatga yoʻlladi. Zalolat–kufr yoʻlini ixtiyor etib, oʻsha tomonni koʻzlaganlarga zalolat haq boʻldi. Bu ikki toifaning hech birini Alloh majburlagani yoʻq. Ular ixtiyorlari bilan tasarruf qildilar. Shuningdek, ikki taraf ham Allohning shomil ixtiyoridan chiqqanlari yoʻq. Chunki, dunyodagi har bir narsa faqat U zotning irodasi, joriy qilgan qonun-qoidasi bilan boʻladi. Alloh taolo hidoyatni tanlab shu yoʻlda yurayotgan kishilarning hidoyatga ketishini ixtiyor etgan va joriy qonun-qoidalarga aylantirgan. Shuningdek, zalolatni tanlab shu yoʻlga intilayotgan kishilarga zalolat haq boʻlishini ixtiyor qilgan hamda joriy qonun-qoidalarga aylantirgandir. Ana shu qonun-qoidalarga binoan, har bir insonning hidoyat yoki zalolatga ketib, yaxshilik yoki yomonlik qilishi Allohning xohishiga muvofiq boʻladi, deyiladi.
Shuning uchun ham, keyingi oyatda quyidagilar aytiladi: