إِن تَحْرِصْ عَلَىٰ هُدَىٰهُمْ فَإِنَّ ٱللَّهَ لَا يَهْدِى مَن يُضِلُّ ۖ وَمَا لَهُم مِّن نَّـٰصِرِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar sen ularning hidoyatiga o`ta qiziqsang ham, Alloh zalolatga ketkazgan kimsalarni hidoyat qilmas. Ularga nusrat berguvchilardan bo`lmas.Агар сен уларнинг ҳидоятига ўта қизиқсанг ҳам, Аллоҳ залолатга кетказган кимсаларни ҳидоят қилмас. Уларга нусрат бергувчилардан бўлмас.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), agar siz u (mushrik)larning hidoyat topishlariga tashna boʻlsangiz-da, bilingki, Alloh Oʻzi yoʻldan ozdiradigan kimsalarni hargiz hidoyat qilmas va ular uchun biron madadkor ham boʻlmas.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), агар сиз у (мушрик)ларнинг ҳидоят топишларига ташна бўлсангиз-да, билингки, Аллоҳ Ўзи йўлдан оздирадиган кимсаларни ҳаргиз ҳидоят қилмас ва улар учун бирон мададкор ҳам бўлмас.
Ey Paygʻambar! Agar sen mushriklarning toʻgʻri yoʻl topishlariga oʻta qiziqsang-da, haris boʻlsang-da, ularni hidoyatga boshlay olmaysan. Chunki, bu ish sening ixtiyoringdagi ish emas. Sening vazifang–Allohning taʼlimotini odamlarga yetkazish. Ularni hidoyatga solish esa, Allohning ishi. Alloh oʻz erki ila notoʻgʻri yoʻlni tanlagan bandalarni hidoyatga emas, balki zalolatga ketkazadi. Alloh taolo joriy qilib qoʻygan qonun-qoida shundan iborat. Zalolatni ixtiyor etgan bandani majbur qilib hidoyatga yurgizmaydi. Balki, oʻsha tanlagan zalolati oʻziga haq boʻladi.
«Ularga nusrat berguvchilardan boʻlmas.»
Yaʼni, agar ixtiyor qilgan zalolatlari tufayli Alloh taolo mushriklarni azoblasa, ularga hech kim yordam bera olmaydi.
Keyingi oyatlarda mushriklarning oldingi gaplariga oʻxshash boshqa bir notoʻgʻri gaplari muolaja qilinadi: