QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nahl surasi · Oyatсураси · Оят38

وَأَقْسَمُوا۟ بِٱللَّهِ جَهْدَ أَيْمَـٰنِهِمْ ۙ لَا يَبْعَثُ ٱللَّهُ مَن يَمُوتُ ۚ بَلَىٰ وَعْدًا عَلَيْهِ حَقًّا وَلَـٰكِنَّ أَكْثَرَ ٱلنَّاسِ لَا يَعْلَمُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular jon-jahdlari bilan: «Alloh o`lganlarni qayta tiriltirmas», deb Alloh nomi ila qasam ichdilar. Yo`q! Bu, U zotning zimmasidagi haq va'dadir. Lekin odamlarning ko`plari bilmaslar.Улар жон-жаҳдлари билан: «Аллоҳ ўлганларни қайта тирилтирмас», деб Аллоҳ номи ила қасам ичдилар. Йўқ! Бу, У зотнинг зиммасидаги ҳақ ваъдадир. Лекин одамларнинг кўплари билмаслар.Alauddin Mansour: Ular jon-jahdlari bilan: «Alloh oʻlgan kishilarni qayta tiriltirmaydi», deb Alloh nomiga qasam ichdilar. Yoʻq (albatta, tiriltirur)! Bu — U zotning haq vaʼdasidir. Lekin odamlarning koʻplari (bu olam imtihon olami ekanini, asl-abadiy hayot qayta tirilgandan keyin boʻlishini) bilmaydilar.Улар жон-жаҳдлари билан: «Аллоҳ ўлган кишиларни қайта тирилтирмайди», деб Аллоҳ номига қасам ичдилар. Йўқ (албатта, тирилтирур)! Бу — У зотнинг ҳақ ваъдасидир. Лекин одамларнинг кўплари (бу олам имтиҳон олами эканини, асл-абадий ҳаёт қайта тирилгандан кейин бўлишини) билмайдилар.

271-sahifa · 14-juz · 27-hizb271-саҳифа · 14-жуз · 27-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَأَقْسَمُوا۟va qasam ichdilarва қасам ичдиларبِٱللَّهِAlloh nomi ilaАллоҳ номи илаجَهْدَjon-jahdlari bilanжон-жаҳдлари биланأَيْمَـٰنِهِمْ ۙqasamlariningқасамларинингلَاemasэмасيَبْعَثُqayta tiriltirurқайта тирилтирурٱللَّهُAllohАллоҳمَنkimsaniкимсаниيَمُوتُ ۚoʻladiganўладиганبَلَىٰyoʻq!йўқ!وَعْدًاvaʼdadirваъдадирعَلَيْهِU zotning zimmasidagiУ зотнинг зиммасидагиحَقًّۭاhaqҳақوَلَـٰكِنَّva lekinва лекинأَكْثَرَkoʻplariкўплариٱلنَّاسِodamlarningодамларнингلَاemasэмасيَعْلَمُونَbilurlarбилурлар
TafsirТафсир

Oʻtgan oyatlarning birida Allohning yakkayu yagona ilohu maʼbudligiga iymon keltirishdan keyingi eng muhim narsa oxiratga iymon keltirish ekanligi haqida soʻz yuritilgan edi. Endi oʻsha oxirat kuniga bogʻliq masala, yaʼni oʻlgandan keyin qayta tirilish masalasi haqida soʻz ketmoqda. Qayta tirilishga ishonish qadimdan koʻpchilik qavmlar uchun mushkul masala boʻlib kelgan. Hatto, Allohning borligiga iymon keltirgan baʼzi kishilar ham oʻlgandan keyin qayta tirilishga ishonmay zalolatga ketganlar. Shular jumlasiga Makka mushriklari ham kiradi. Ular Allohning borligini inkor qilmaydilar. «Alloh bor» deydilar. Ammo Allohga butu sanamlarini sherik qiladilar. Bular kichik xudolarimiz, bizni katta xudoga yetishtiradigan vositachilarimiz shulardir, deyishadi. Ayni bir vaqtda, Alloh odamlarni oʻlgandan keyin qayta tiriltirishiga mutlaqo iymon keltirmaydilar.

«Ular jon-jahdlari bilan: «Alloh oʻlganlarni qayta tiriltirmas», deb Alloh nomi ila qasam ichdilar.»

Mushriklarning bu masaladagi eʼtiqodlari shu darajaga yetgan ediki, ular oʻlganlarning qayta tirilishi mumkin emasligiga jon- jahdlari bilan Alloh nomi ila qasam ichar edilar.

Lekin Alloh mushriklarning bu ishlarini qattiq inkor qilib:

«Yoʻq! Bu, U zotning zimmasidagi haq vaʼdadir», demoqda.

Yoʻq! Ey, mushriklar, siz aytayotgan gaplar behuda gaplardir. Oʻlganlarni qayta tiriltirish–Allohning zimmasidagi haq vaʼdadir. Alloh vaʼdasiga xilof qilmaydi. Oʻlganlarni albatta qayta tiriltiradi.

«Lekin odamlarning koʻplari bilmaslar.»

Shuning uchun, kofir yoki mushrik boʻlib, turli gunohlarni qilib yuradilar. Agar ular Alloh oʻlganlarni albatta qayta tiriltirishi haq ekanini bilsalar, bunday qilmas edilar.

Odamlarning ishonishi yoki ishonmasligi, bilishi yoki bilmasligidan qatʼinazar, Alloh taolo ularni oʻlganlaridan keyin albatta qayta tiriltiradi: